Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə209/325
tarix16.11.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#119591
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   325
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi (1)

Nazorat savollari:

  1. Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari xaqida K. D. Ushinskiy ilgari surgan g‘oyalar nimadan iborat?

  2. K.D.Ushinskiy aqliy, axloqiy tarbiya va uning vositalari xaqida qanday fikrlarni bayon etgan?

  3. K.D.Ushinskiy didaktik ta’limoti va uning axamiyati nimada?

12-MAVZU: HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI


REJA



  1. Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi.

  2. AQSH, Yaponiya mamalakatlarida ta’lim tarbiya tizimi, mazmuni va rivojlanishi.

  3. Janubiy Korea, Fransiya, Germaniya mamalakatlarda ta’lim tarbiya tizimi, mazmuni va rivojlanishi.

  4. Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendentsiyalar.

  5. Xalqaro loyihalar va ta’lim dasturlari.



Tayanch tushunchalar: AQSH, Yaponiya, Janubiy Korea, Fransiya, Germaniya ta’lim tizimi, global tendentsiyalar, Xalqaro loyihalar, ta’lim dasturlari

Jahon mamlakatlari ta’lim tizimi. Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar, ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning dunyo bo’ylab tan olinishi chet el tajribasini o’rganish jarayonini tezlashtiradi.


1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 – maktabgacha ta’lim; 1 – boshlang’ich ta’lim; 2 – o’rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o’rta ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6 – oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Jahon ta’lim tizimining ko’p omilli ko’rinishga egaligi metablokli, makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi. Jahon ta’lim tizimining o’zaro aloqadorligi va o’zaro harakati belgilariga ko’ra regionlarni bir necha turga bo’lish mumkin:
Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi. Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G’arbiy YYevropani keltirish mumkin. Birlik g’oyasi 1990 yillardan G’arbiy YYevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSH va Kanada kabilarni ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori sifatida yangi Osiyo-Tinchokeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya, Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda bo’lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o’choqlar zonasi sifatida AQSH va G’arbiy YYevropa tomonidan ta’sir ko’rsatilmoqda.
Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va Atlantika okeani havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol davlatlarini kiritish mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4 yildan kam. Mazkur hududlarda aholining ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil, Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.
XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko’ra ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda og’ishlar kuzatilayotan hududlar ajratib ko’rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy YYevropa va Sobiq SSSR davlatlari kiradi. Arab davlatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan to’rtta subregionni shakllantirisha intilish kuzatilmoqda. Bu hududlarga: Mag’rib (Liviya bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, Suriya, Livan, Iordaniya), Fors ko’rfazi (Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz bo’yi va Mavritaniya davlatlari.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligining e’tirof qilingani haqiqatdir. Shu tufayli ham rivojlangan mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin