Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Tarbiya metodlarini tanlashgan nisbatan qo’yiladigan talablar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə123/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Tarbiya metodlarini tanlashgan nisbatan qo’yiladigan talablar.

Tarbiya metodlarining tuzilishi va tanlanishini belgilovchi bog’liqliklar ichida birinchi o’rinda uning jamiyat ideallari va tarbiya maqsadlariga muvofiq kelishi turadi.

Tarbiyachi amaliy faoliyatida tarbiya metodlarini tanlashda, odatda, tarbiya maqsadlari va uning mazmuniga tayanadi. Konkret pedagogik vaziyatlardan kelib chiqib, tarbiyachi qanday metodlardan foydalanishni o’zi hal etadi. Bu metod xoh mehnat ko’nikmasini ko’rsatish bo’lsin, xoh ijobiy namuna yoki mashq bo’lsin, bular, avvalo, ko’plab omillar va sharoitlar bilan bog’liq bo’lib, tarbiyachi shu holat uchun eng mahqul keladiganini tanlaydi.

Metod yaxshi ham, yomon ham bo’lmaydi. Tarbiyaga metodlar emas, balki ularning tizimi asos qilib olinadi. Mahlum tarbiya natijalariga erishish uchun qo’llanilayotgan metodlar bir xilda bo’lsa-da, sharoit, holatga qarab turlicha variantlarda qo’llanilishi mumkin. Bu o’rinda pedagogik mahorat shundaki, tarbiyachi o’quvchilar rivojlanishining yosh va o’ziga xos xususiyatlari hamda qonuniyatlariga mos eng qulay tarbiya metodlarini topadi va qo’llaydi.

Tarbiya metodlarini tanlashda pedagogik amaliyotda tasdig’ini topgan quyidagi kabi bir qator pedagogik talablarga rioya qilish kerak:

1.tarbiya metodlarining tarbiya maqsad va vazifalariga muvofiq kelishi;

2.tarbiya printsiplari talablariga javob berishi;

3.tarbiyani amalga oshirishga xizmat qilishi;

4.o’quvchilarning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi;

5.tarbiyalanuvchining tarbiyalanganlik darajasiga bog’liq bo’lishi;

6.metodlar jamoa rivojlanish darajasiga ko’ra ham
tanlanishi;

7.konkret shart-sharoit, imkoniyatlarning ham hisobga olinishi;

8.bolaning shu konkret sharoitdagi ruhiy holatiga ham
alohida e’tibor berilishi kerak.



  1. Yüklə 1,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin