Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə183/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Axloqiy tarbiya berish yo’llari

Axloqiy tarbiyaning mazmuni, avvalo, talabalarning amaliy faoliyatlarida, o’qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, o’zaro ta’sir ko’rsatish usullari, xulq-atvor mehyorlarini o’zlashtirishlarida namoyon bo’ladi.

Axloqiy tarbiya tarbiyalanuvchining yoshi va uning to’g’ri yo’nalish olishi uchun hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan muhitni (oila, o’rtoqlar va do’stlar muhiti) ham hisobga olganda shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy tarbiyaning yo’l va usullari talabalarga axloqiy saboq berish kabi maxsus ishni tashkil qilishda alohida xususiyatga ega. Axloqiy tasawurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosida axloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ta’sir ko’rsatadi, yahni:

-talabalarni o’zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;

- turli manbaalarda axloq to’g’risida olingan bilimlarni sinaydi;

- shaxsning o’zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi.

Axloqiy bilim berishni tashkil qilishda ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini, ularning shaxsiy axloqiy tajribalarini, axloqiy mehyorlar to’g’risidagi xabardorlik darajasini, axloq sohasidagi o’zlashtirgan bilimlarning axloqiy talablari bilan munosabatini hisob­ga olish zarur. Axloqiy bilim, asosan axloq to’g’risidagi suhbatlar, mahruzalar mavzui, kechalar, turli kasb namoyondalari bilan uchra-shuvlar, talabalar konferensiyalari va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin