Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Tarbiyada maktab yetakchi bo’g’in ekanligi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə185/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Tarbiyada maktab yetakchi bo’g’in ekanligi.

Maktab pedagogika va psixologiyaning eng yangi yutuqlariga tayangan holda ota-onalar va jamoatchilik bilan birgalikda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaning turli-tuman tashkiliy shakllaridan foydalanadi. Maktab ota-onalar qo’mitasi ishini tashkil etish; ota-onalar lektoriylari; mahruza-suhbatlar; ota-onalar yig’ilishlari; ota-onalarni maktabga taklif etish; oilalarga borish va suhbat o’tkazish; turli mavzularda mahruzalar o’tkazish; ota-onalar ishtirokida madaniy ekskursiyalar, ishlab chiqarishga sayohat uyushtirish; faol ota-onalarni tarbiyasi qiyin, o’zlashtirmayotgan bolalar bilan ishlashga jalb etish; sinf ota-onalar qo’mitalari; ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish maqsadida turli mavzularda o’qishlar tashkil etish; moddiy ahvoli qiyin bo’lgan ayrim oilalarga yordam uyushtirish ana shu tashkiliy shakllar jumlasiga kiradi.

Mazkur o’quv yurti rahbariyati sinfda dars beruvchi predmet o’qituvchilarini o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan ishlashga jalb etishi; otalar majlisi, onalar majlisi; ota-onalar bilan bolalar ishtirokidagi qo’shma majlis kabi tadbirlarni o’tkazishdan oldin shu sinf rahbari va o’qituvchilari bilan har bir masalani puxta kelishib olib, amalga oshiriladigan tadbirlar rejasini birgalikda keng muhokama qilgandan so’ng uni ota-onalar muhokamasiga olib chiqishi maqsadga muvofiq bo’ladi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin