Ijtimoiy foydali mehnat yosh avlodni jamiyat hayotini tashkil etish jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi. Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ijtimoiy-foydali mehnatning turlari xilma-xildir. O’qituvchilarning ijtimoiy foydali ishlari asosan sinfdan va maktabdan tashqari sharoitlarda tashkil etiladi.
Ta’limning keyingi bosqichlarida o’quvchilar ijtimoiy foydali mehnatning (motivi), ijtimoiy-g’oyaviy asoslari ancha chuqurroq bo’ladi. Ya’ni ijtimoiyfoydali mehnat rag’bati jamiyat oldidagi ijtimoiy burchni his etishi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Jamiyat ravnaqi, el-yurt, xalq farovonligi uchun fidokorona mehnat qilish o’smir va o’spirin o’quvchilar mehnatining ijtimoiy-g’oyaviy asosidir.
Ijtimoiy foydali mehnatni tashkil etishning barcha bosqichlarida mehnat faoliyatini tashkil etishga nisbatan pedagogik talablar qo’yiladi. Mazkurpedagogiktalablarquyidagilardaniborat:
O’quvchilarmehnatfaoliyatinitashkiletishgaqo’yiladigantalablar
|
Tashkil etilayotgan mehnat faoliyati bo’yicha yo’nalish, bilim, tushuncha tasavvurlarning shakllanganlik darajasini e’tiborga olish
|
Mehnat faoliyatining axloqiy asosda ijtimoiy-g’oyaviy mazmunga egaligi
|
Mehnat faoliyatining jamoa xarakteriga egaligi va shaxs manfaatdorligi
|
Mehnat topshiriqlarini berishda o’quvchilar imkoniyatlarini hisobga olish
|
|
Mehnat faoliyatining tizimli va rejali bo’lishiga erishish
|
Mehnat faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishi
|
Mehnat faoliyati natijaviyligiga alohida e’tibor berish
|
|
Dostları ilə paylaş: |