Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə195/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari

Jismoniy tarbiya mohiyati. Jismoniy tarbiya, shu jumladan muntazam ravishdagi jismoniy mashqlar kishi organizmining har qanday muhitga chidamliligini oshirishga, sog’lig’ini mustahkamlashga, ongli ravishda uzoq umr ko’rish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatdir. Bugungi kunda hukumatimiz bunday muhim omillarni e’tiborga olib qolmasdan, balki ularni muntazam ravishda amalga oshirib borishni davlat siyosati darajasigacha ko’tarmoqda. Jumladan, «Umid nihollari» (o’rta umumta’lim o’quv muassasalari o’quvchilari uchun), «Barkamol avlod» (o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv muassa­salari o’quvchilari uchun), «Universiada» (oliy o’quv yurtlari talabalari uchun) kabi respublika miqyosidagi musobaqalar davlatimiz tomonidan talaba-yoshlarimizning ham jismonan, ham mahnan yuk-saktigini o’ylab qilinayotgan tadbirlardoir. Bular orqali yoshlarni bar-kamol shaxs darajasida tarbiyalashga erishamiz va ular yuksak unumli ongli mehnat qilishga tayyor bo’ladi hamda o’z ona-Vatanini sodiq-lik bilan qo’riqlashdek xislatlarga ega bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan tadbirlardan asosiy maqsad - yosh avlodni bolalik chog’idan boshlab jismoniy jihatdan sog’lom va baquvvat hamda irodali qilib tarbiyalashdan iboratdir.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin