3. Jismoniy tarbiya daqiqasi. Bu turdagi mashg’ulotlar jismo-niy madaniyatga ko’proq tegishli bo’lib, ayniqsa, muayyan fanlarni o’zlashtirish davomidagi aqliy toliqishning oldini olish uchun undan foydalaniladi. Bunday harakatlardan (harakatlar majmuuini o’qituvchi tanlaydi) ko’zlangan maqsad quyidagilardan iborat:
• ta’lim oluvchilarning asab tarangligini bo’shashtirish;
• ta’lim oluvchilarning jismoniy holatini yaxshilash;
• diqqatini yanada o’rganilayo’tgan mavzuga kuchaytirish. Umuman olganda jismoniy tarbiya daqiqasi asosan quyidagi uch
qismdan iborat bo’ladi:
1. Harakatlarga kirishishni tahminlash;
2. Oyoq muskullarini harakatlantirishga moijallangan mashqlar;
3. Tananing boshqa ahzolarini harakatlanishiga mo’ljallangan mashqlar.
Bunday ko’rinishdagi jismoniy tarbiya daqiqalario’yinko’rinishida tashkil etilib, bunda qo’l harakatlari barcha mashq turlarida mos hol-da ishtirok qiladi.
4.Madaniy jismoniy yayov yurishlar va sayr qilishlar.
Bunday mashqlarga odatda havoning ochiq kunlari va darsdantashqari vaqtlar tanlanadi. Jismoniy yayov yurishlar asosidagi sayrlar-da quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim boiadi:
• uni to’g’ri uyushtirishni rejalashtirish lozim;
• sayr dasturi mukammal ishlab chiqilmog’i lozim;
• sayr harakat rejasi oldindan aniqlanib, mahqullanib olmog’i lozim;
•o’quv yurti rahbariyati va ota-onalar bunday jismoniy harakatlar majmuuidan xabardor bo’lmog’i lozim;
• ushbu harakatlar majmuuini amalga oshirish muddatini bir kun-dan oshirmaslik lozim;
• sayr qatnashchilarining xavfsizligi va salomatligiga mutasaddi-lar oldindan belgilanishi lozim va shu kabilar.
Dostları ilə paylaş: |