Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə207/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Ikkinchi yo’nalish. Kishi jismoniy sog’lomligini tahminlashda tabiatdagi sogiomlashtiruvchi kuchlardan foydalanish yoshlar­ning sog’lig’ini mustahkamlash, organizmni chiniqtirish va ularningmuntazam jismonan rivojlanish darajasini tahminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy vositalar quyosh, havo va suvdan iborat bo’ladi, yahni tabiat kuchlari jismoniy mashg’ulotlar o’tkazish va mustaqil shug’ullanish uchun eng asosiy vositalar sifatida foydalaniladi.

Uchinchi yo’nalish. Jismoniy tarbiyada foydalaniladigan jismoniy tarbiya vositalari orasida eng ko’p qoilaniladigani jismoniy mashqlar tizimidoir. Ular orqali quyidagi samaralarga erishiladi:

• gavda muskullarining mehyorida o’sishi tahminlanadi;

• organizm jismonan mustahkamlanadi;

• yurak qon-tomir tizimi faoliyati yaxshilanadi;

• nafas olish tizimining ishlashi yaxshilanadi;

•bosh miya qobig’ida harakatlantiruvchi sohalarning faoliyatini yaxshilashga samarali ta’sir ko’rsatadi.

Ushbu yo’nalishdagi jismoniy tarbiya vositalari tizimida gimna­stika, harakatli o’yinlar va Sport mashg’ulotlari yetakchi o’rinni egallaydi.

Gimnastikaning quyidagi turlari mavjud:

• asosiy gimnastika, yahni gigienik gimnastika;

• sport gimnastikasi va uning bahzi turlari (akrobatika, badiiy gim­nastika va shu kabilar);

• yordamchi, jumladan davolovchi gimnastika.

Sport. Jismoniy tarbiya tizimida sport musobaqalarini tashkil etilishi va uyushtirilishi jismoniy tarbiyani og’ishmay amalga oshirish-ning asosiy vositalaridan hisoblanadi.Bundagi xatti-harakatlar ko’proq musobaqaviy tarzda amalga oshirilib, ularda eng yuqori yutuqlarga intilish, yahni g’oliblikni qo’lga kiritish, muntazam ravishda mashq qilish, sport musobaqalarga qatnashish, sport razryadlari olish, «sport ustasi» maqomiga sazovor bo’lish va hokazo ko’rinishlarda amalga oshiriladi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin