Bilimlarni mustahkamlash va takrorlash:
o‘quvchilarning bilish qobiliyatini;
o‘quvchilarining tafakkurini tekshirish;
og‘zaki yoki yozma mashqlar bajarish;
topshiriqni nazorat qilish;
uyga vazifa berish;
O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darslari.
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarning mavjud kamchiliklari to‘ldiriladi;
o‘rganilayotgan yangi mavzuni muhim g‘oyalari ochib beriladi
Ushbu dars-o‘rganilgan mavzuning bo‘lim yoki o‘quv kurslarining yakunida o‘tkaziladi.
Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darsi.
egallangan bilimlarni o‘quvchilar tomonidan mustahkamlash hamda amaliyotda qo‘llay olish bilan bog‘liqdir.
Bilimlarni tekshirish (nazorat)
o‘qituvchi o‘quvchilarning fanlar yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlarni egallash;
ko‘nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini, o‘quv materiallarining o‘zlashtirishdagi kamchiliklarini aniqlash;
navbatdagi topshiriqlarni bajarish belgilab olishga yordam beradi.
O‘qituvchi o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini e’tiborga olib zamonaviy darsning quyidagi kombinatsiyalriga e’tibor berishi lozim:
integral fanlarning ilg‘or yutuqlari, kompyuter, pedtexnologiyalar va axborot texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni hozirgi zamon o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
o‘quvchilarning qiziqishi, iqtidori va talablarini hisobga olishi;
o‘quvchining o‘zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo‘yicha mahoratini shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
mantiqiylik va emotsionallikni ta’minlash;
pedtexnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan o‘z o‘rnida samarali foydalanish;
har bir darsni yuksak mahorat bilan puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxislash va tahlil qilish.
Darsning 3 ta maqsadi haqida:
Shu bilan birga ta’limning yordamchi shakllari ham mavjud. Ular quyidagilar:
-to‘garaklar, seminar, anjuman, maslahat, fakultativ, mashg‘ulotlar, o‘quv sayohatlari, mustaqil uy vazifalari.
Dostları ilə paylaş: |