Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə393/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi:

  • o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng so‘nggi bilimlardan habardor bo‘lib borish, ta’limni pedtexnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib amaldagi o‘quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;

  • ta’limda o‘quvchilarning yosh va psixologiik xususiyatlarini hisobga olib, o‘z mahoratini bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;

  • o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirishga sharoit yaratish;

  • o‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash;

  • shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish;

  • kompyuter va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lib borish;

  • o‘quvchilar bilim faoliyatining turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o‘rganib borish;

  • har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va tahlil qilish.

Ta’lim jarayonida o‘qituvchi erishishi lozim bo‘lgan yutuqlar ko‘p jihatdan uning ijodiy kayfiyatiga bog‘liq.

  • o‘quvchilar bilan bo‘layotgan har bir muloqotdan ijodiy kayfiyat uchun motivlar topa olish;

  • his-tuyg‘u va kamchiliklarni yaxshilikka, ijodiy kayfiyatga yo‘nalatira olish;

  • o‘quvchilarning nojo‘ya xatti-harakatlariga doimiy e’tibor bermaslik va qulay

vaziyatlarda rasmiy, ta’sirchan tanbeh berish;

  • dars jarayonida aslo g‘azablanmaslik, o‘quvchilar kulgusini achchiq so‘z bilan to‘xtatmaslik, aksincha,to‘g‘ri qabul qila olish;

  • dars jarayonida muloyimlik, mehr-shafqatli bo‘lish, ulkan pedagogik yutuqlar kaliti ekanligini unutmaslik;

  • doimiy jiddiylik va asabiylashish asab tizimini tez charchatishini unutmaslik.

Ta’lim tizmida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqqiyati o‘qituvchi kadrlarning kasb mahorati va savodxonligiga bevosita bog‘liq. Shu o‘rinda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etish o‘rinli: “Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo‘nda qilib ifoda etish mumkin. Bizga bitiruvchilar emas, bizga maktab ta’lim tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak”. Shu nuqtai nazardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak o‘qituvchi talabalar o‘z mahoratlarini ikki tomonlama amaliyotda hamda ta’lim olish jarayonida shakllantiradilar.


Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yuksak mahoratli omilkor o‘qituvchini shakllantirish uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ba’zaviy puxta tayyorgarlik (kasbiy ped-psixologik bilimlar);

  • metodologik bilimlarni egallash madaniyati;

  • pedagogik ijodkorlik va kreativlik.

Ushbu jadvalda o‘qituvchining ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik mahoratini belgilab beruvchi yuqorida keltirilgan uchta yo‘nalishdan har birining (bazaviy, metodoligik, ijodiy) tashkil etuvchi muhim jihatlari ko‘rsatilgan.


  • Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy mahorat va omilkorlikni ta’minlovchi xususiyatlar.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin