Burhoniddin Zarnuji (XII asr) «Bilim olish yo’lida o’quvchiga maslahatlar» nomli o’zining ilmiy asarida dars olib borish bo’yicha tavsiyalar beradi. Uning ko’p yillik dars o’tish tajribalari asosida mazkur ilmiy asar yaratilgan va XX asrgacha o’ziga xos pedagogika darsligi sifatida Markaziy Osiyo madrasalarida foydalanilib kelingan. Asarda maktabda dars taxminan bir soatlar davom etishi kerakligi yoziladi. O’qituvchi maktabda darsga tushinish va o’zlashtirish mumkin bo’lgan o’quv materiallarini tanlab olishi, darsda o’rganiladigan materiallarni tushuntirib berishi kerak. O’quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u ikki marotaba takrorlanganda o’zlashtirilsin. Shuning uchun u katta matnlarni qismlarga bo’lish va boshqa darslarda uni albatta takrorlashni taklif etadi3.