Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə114/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi jamoa faoliyatida anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashicha, bu davrda butun jamoa «ayrim o’zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo’ya boshlaydi.

Jamoaga endilikda faqat faollargina emas, balki uning butun ahzolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. Pedagog mazkur yo’nalishdagi ishni maqsadga muvofiq va izchil olib borgan sharoitda ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. SHu maqsadda u yoki bu tadbir rejasini jamoaning birgalikdagi faoliyati yakuni uning ahzolari tomo­nidan jamoa bo’lib muhokama qilinadi: turli mavzularda suhbatlar va mahruzalar uyushtiriladi, o’quvchilar o’rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy, g’oyaviy, axloqiy, estetik, mexnat, huquqiy, iqtisodiy va boshqa bilimlartarg’ibi tashkil etiladi. Pedagog jamoa ahzolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa ahzolarini ijobiy tajribaga qo’shish imkonini beradigan, o’zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. Jamoa o’zining har bir ahzosida ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq ravishda shakllantirib borish, jamoa ahzofari orasida barqaror insoniy munosabatlarni tarkib toptirishga yordam beradi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlarining yuza­ga kelishining sababi - uning ahzolarini yuksak axloqiy mazmunga ega bo’lgan ishlarni tashkil qilishda faol ishtirok etishlarining samarasidir.

Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichida ko’rsatib o’tilgan xususiyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda faqat jamoa faoliyatini emas, balki jamoaning har bir ahzosi bir-birlariga axloqiy mazmundagi talablarni qo’ya boshlaydi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin