Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə115/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi. Bu bosqich uchinchi bosqichning bevosita davomi bo’lib, uning barcha ahzolari jamoa oldida turgan talablar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. SHuni aytish mumkinki, har bir bosqich jamoa ahzolarining o’ziga muayyan talablar qo’yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga xos yo’nalishi (masalan, o’yinda umuminsoniyat baxti uchun kurashishga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. Xuddi shu jihatdan to’rtinchi bosqich jamoa ahzolarining o’ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidoir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa ahzolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojiga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga o’sib o’tadi. Biroq, u ayrim shaxsning yanada rivojlanishida jamoaning tutgan o’rnini pasaytirmaydi. To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mashuliyatlidoir. Mazkur bosqichda jamoa oldidagi istiqboli, yuksak va murakkab talablar qo’yish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Bugungi kunda pedagog olimlar bolalar jamoasi rivojlanishi jarayonini tahlil qilar ekan, uni quyidagi ikki bosqichga bo’ladi:

• jamoani dastlabki jipslashtirish;

• jamoani shakllantirish - uning har bir ahzosini individual rivoj­lantirishning asosidir.

Jamoa hayotidagi har bir bosqichni ajratib ko’rsatish yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamo­aning yetakchi ahamiyatini ta’kidlaydi.

Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga katta ahamiyat bergan edi. U jamoada shakllangan quyidagi eng muhim belgilarni ajratib ko’rsatgan edi:

1. Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilarning faoliyatga tayyorligi;

2. O’z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun g’ururlanish asosida o’z qadr-qiymatini anglash;

3. Uning ahzolari o’rtasidagi do’stona birlik;

4. Jamoaning har bir ahzosidagi do’stona birlik;

5. Tartibli, ishchan harakatga yo’llovchi faollik;

6. O’z hissiyot va so’zlarini boshqara olish ko’nikmasi.




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin