Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


– MAVZU: MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYA



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə165/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

13 – MAVZU: MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYA.

Reja:

  1. Axloqiy tarbiyaning mohiyati va mazmuni.

  2. O’quvchilarning axloqiy tarbiyalashning shakl, metod va vositalari.

  3. Oilada bola tarbiyalashning asosiy shartlari.

  4. Tarbiyada maktab yetakchi bo’g’in ekanligi.

  5. Oila, maktab jamoatchilik hamkorlikning zaruriyati.


Tayanch so’z va iboralar: Ma’naviyat, axloq, axloqiy tarbiya, oila tarbiyasi, maktab va jamoatchilik tarbiyasi, munosabat
1. Axloqiy tarbiyaning moxiyati va mazmuni. Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, uning mohiyati, shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. SHu bois, axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruxiy hayotida o’ziga xos muhim ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishiliktaraqqiyotidagi o’rni belgilanayotgan jarayon-da mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo’lib xizmat qiladi.

«Axloq» tushunchasi omma fikri asosida tartibga soluvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Qadimdanoq ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyatshunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko’lamda ishlatilib kelingan.

Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo’lib, bu tartib-qoida ijtimoy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o’quv, ishlab chiqarish, xalq anhanalari) da o’z talablarining asoslanishi, amalga oshirilishi va omma fikri asosida tartibga solinishi bilan farq qiladi. Axloq talablari barchaga taalluqli, biroq hech kim-ning ko’rsatmasi, hech qanday maxsus buyruq asosida bajarilmaydigan, ixtiyoriy amalga oshiriladigan burch shakliga kiradi. Axloq talab-larining bajarilishi faqat ma’naviy ta’sir ko’rsatish shakllari doirasida yuz beradi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin