Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Hadislarni tahlil etishning asosiy uch yo’nalishi paydo bo’lgan



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə237/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Hadislarni tahlil etishning asosiy uch yo’nalishi paydo bo’lgan:

  1. «Musnad» yo’nalishi. Bular alifbo tartibida joylashtirilgan bo’lib, Abdulloh ibn Muso, Imom Ahmad ibn Xanbal hadislari ana shundaylardan.

  2. Sahih (ishonchli) yo’nalishi. Bunga Imom Buxoriy asos solgan.

  3. Sunnan yo’nalishi. Mazkur yo’nalishdagi hadislarga to’g’ri, ishonarli hadislar bilan «Zaif» hadislar ham kiritilgan.

Abu Dovud, Iso at-Termiziy, An-Nasoiy, ibn Majjolar ana shunday yo’nalishdagi hadislarni to’plaganlar.

Hadis ilmi bilan shug’ullanganlarning ichida «Barcha muhaddislar peshvosi» degan sharafli nomga Imom al-Buxoriy sazovor bo’lgan.

Imom al-Buxoriy o’z so’ziga ko’ra 100 ming sahih (ishonchli) va 200 ming g’ayra sahih (ishonchsiz) hadisni yoddan bilgan.

Ulardan eng saralari «Al-Jomeh as-sahih» (ishonchli to’plam): «Al-adab al-mufrad», «At-tarix al-kabor», «At-tarix-as-sag’ir» to’plamlariga jamlangan. Bularning ichida eng yetugi, shoh asar «Al-Jomeh as-sahih»dir. Mazkur asar duneda «Qur’on»dan keyingi asar bo’lib, «Sahih al-Buxoriy» deb ataladi.

Bu kitob 4 jilddan iborat bo’lib, unga 600 ming hadisdan saralangan 7275 ta eng «sahih» hadislar kiritilgan.

Imom al-Buxoriyning ikkinchi mashhur, ta’lim-tarbiyaga oid yozilgan kitobi «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) maxsus hadislar to’plami bo’lib, bu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 hadisdan iborat. Bu ulug’ zot Samarqandga yaqin Hartang qishlog’i (hozirgi Poyariq rayoni)da betob bo’lib, shu yerda 870 yil 1 sentyabrda vafot etadi.




  1. Yüklə 1,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin