5.Yaxlit pedagogik jarayonni jadalashtirish
Lotincha Intensio tushunchasi - kuchaytirish, tezlatish degan mahnoni anglatadi.
Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish - vaqtning har bir bo’lagi uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish demakdir.
Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish shartlari:
Pedagogik jarayoning maqsadga yo’naltirilganligini kuchaytirish, o’quv-tarbiya tadbirlarida ilgari surilayotgan vazifalarning jiddiyligini oshirish bilan birga ularning shu sinfga, o’quvchilarga, jamoaga qulayligini ham hisobga olish kerak.
O’quvchilarning o’qish, ijtimoiy, mehnat va boshqa faoliyati asoslarini chuqurlashtirish.
Eng zarur axborotlarni saqlagan holda mazkur sinf
o’quvchisiga yetkaziladigan axborot hajmini oshirish.
O’quv, ijtimoiy mehnat va boshqa faoliyatlar tezligini oshirish.
O’quvchilarning mustaqil bilish va ijtimoiy foydali faoliyatlarini aktivlashtiruvchi kompleks shakl va metodlarni joriy etish.
Axborot va ta’lim texnologiyalarini keng ko’llash.
O’quvchilarning mustaqil bilishini yo’lga qo’yish orqali o’z-o’zini tahlil qilish, o’z-o’ziga ta’sir ko’rsatish, majburiyat olish, baho bera olish, o’z-o’ziga hisob berishdan iborat usullardan unumli foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga kuchli yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |