Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə309/492
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#113420
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   492
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

YAponiyada ta’lim tizimi

YAponiya ta’limining shakllanishi 1867-1868 -yillari boshlangan. YAponiya o‘z oldiga ikki vazifani: boyish, va G‘arb texnologiyasini YAponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo‘yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish harakatiga tushadi.

1872 -yili «Ta’lim haqida Qonun» qabul qilinib yapon ta’limi G‘arb ta’limi bilan uyg‘unlashtirildi. 1908 -yili YAponiyada boshlang‘ich ta’lim majburiy 6 -yillikka aylantirildi. 1893 -yili kasb yo‘nalishidagi dastlabki kollej paydo boldi.

1946 -yili qabul qilingan Konstitusiya fuqarolarning ta’lim sohasidagi huquq va burchlarini belgilab berdi. Unda barcha bolalar bepul umumiy ta’lim olishlari shart ekanligi belgilab qo‘yilgan. Hozirgi zamon yapon ta’lim tizimlarining tarkibi quyidagicha: bog‘chalar, boshlang‘ich maktab, kichik o‘rta maktab, yuqori o‘rta maktab, oliy ta’lim tizimlariga kiruvchi o‘quv yurtlari. Bolalar yosh xususiyatlariga qarab 3, 2, 1 yillik ta’lim kurslariga jalb qilinadi. YAponiyada maktabgacha ta’lim muassasalarining 59,9% xususiy, 40,8% munisipal, 0,3% davlatnikidir. Majburiy ta’lim. Ta’limning pog‘onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni o‘z ichiga oladi. 6 yillik boshlang‘ich ta’lim va 3 yillik kichik o‘rta maktab, 9 yillik majburiy ta’limni tashkil etadi. Darsliklar bepuldir. Muxtoj oilalarning bolalari bunda qo‘shimcha tarzda bepul nonushta, o‘quv qurollari, tibbiy xizmat bilan ta’minlanadi. Zarur boigan taqdirda ularning oilalariga ham moddiy yordam ko‘rsatiladi.

YUqori bosqich o‘rta maktab 10,11,12 sinflarni o‘z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi va kechki bo‘limlari mavjud bo‘lib o‘quvchilarning 95% kunduzgi maktablarda o‘qiydilar.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   492




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin