95
hikmatlari kitobi»ning o‘zbekcha tarjimasi taqdimot
marosimi o‘tkazildi.
2001-yil 25–26-noyabr kunlari Rus Pravoslav cherko-
–
vi Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasining 130 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish va ilmiy konferensiya o‘t-
kazildi.
2002-yil 30-may kuni Navoiy
shahrida Rus Pravoslav
–
cherkovining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
2002-yilda Rim-katolik cherkovi katoliklikning Marka ziy
–
Osiyoda qayta tiklanganligiga 100 yil to‘lishi munosabati
bilan bayram tadbirlari tashkil etdi.
2003-yil 5-oktabr kuni Samarqand shahrida Arman
–
Apostollik cherkovi qurilganligining 100 yilligiga bag‘ish-
langan tantanalar o‘tkazildi.
2004-yil 22–23-mart kunlari Fransiyaning Parij shahrida
–
«O‘zbekiston va Fransiyada diniy bag‘rikenglik» va
«O‘zbe kiston va Fransiya xalqaro munosabatlar tizimida»
mavzularida Xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi.
2004-yil 3–10-oktabr
kunlari AQSHning Vashington
–
shahrida R. Nikson markazi tomonidan tashkil etilgan
«Davlat va din, konfessiyalararo bag‘rikenglik: O‘zbekiston
misolida» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
2007-yil 31-may kuni Buyuk Britaniyaning London
–
shahrida «Uch din forumi» xalqaro tashkiloti tomonidan
tashkil etilgan «Konfessiyalararo totuvlikka erishishda
O‘zbekiston tajribasi» mavzuidagi seminar uyushtirildi.
Shu bilan birga diniy tashkilotlarning soni ko‘payganini
ham ta’kidlab o‘tish kerak. Xususan, 1990-yilda
respub-
likamizda 119 ta diniy tashkilot (89 ta islomiy va 30 ta
noislomiy) mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 1991-yilda 179 taga (146
ta islomiy va 33 ta noislomiy) yetdi. 2012-yilning dekabriga
kelib esa ularning soni 2224 tani (2049 ta islomiy va 175 ta
noislomiy) tashkil etdi.
96
Yurtimizdagi diniy konfessiyalar orasida Rus pravoslav
cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Injilchi xristian-baptistlar,
Yettinchi
kun adventistlari, Lyuteranlar, Rim-katolik, Arman
apostol, Yangi Apostol, Yahudiy
va Bahoiylar diniy jamoalari,
Krishnani anglash jamiyati, Budda ibodatxonasi kabi diniy
tashkilotlarning mavjudligini qayd etish lozim. Ular qatorida
Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta-maxsus
islom bilim
yurti hamda Pravoslav va Protestant seminariyalari faoliyat
ko‘rsatmoqda. Mustaqillik sharofati tufayli ularning faoliyati tom
ma’noda tiklandi va rivoj topmoqda.
Dostları ilə paylaş: