DINNINg TARIxIY SHAKLLARI
Urug‘-qabila
dinlari
Milliy
dinlar
Jahon
dinlari
Shuningdek, dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik – yakka-
xudolik (yahudiylik, islom) va politeistik – ko‘pxudolik (hin-
duiylik, konfutsiylik) dinlariga bo‘linadi.
11
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda dinga yangicha qarash
va munosabat bildirish imkoniyati tug‘ildi. Natijada biz uchun
nisbatan yangi bo‘lgan «Dinshunoslik» fani vujudga keldi. Bu fan
ilgarigi ateizmdan farqli o‘laroq, dinni tanqid qilish, uni jamiyatdan
yo‘qotish maqsadida emas, balki unga milliy ma’naviyatning
bir bo‘lagi sifatida yondashib, uni xolisona o‘rganishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi.
O‘rta Osiyoga VII asr oxiri – VIII asr boshlarida kirib
kelgan Islom dini uzoq tarixiy jarayonlar mobaynida mahalliy
xalqlarning asosiy diniy e’tiqodiga aylandi. Shunga ko‘ra mazkur
xalqlarning milliy, diniy va umuman, insoniy qadriyatlarini islom
dinidan ayri holda tasavvur qilish mumkin emas. Shuning uchun
ham dinshunoslik fanining asosiy vazifalaridan biri yoshlarga
islom dinining shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi,
madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qo‘shgan hissasini ko‘rsatib
berishdir. Ushbu fanni o‘qitishdan maqsad milliy va diniy
qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy
qadriyatlar bilan uyg‘unligi, bu qadriyatlarning hozirgi
mustaqil O‘zbekiston sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq
yoritib berib, o‘quvchilarda dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni
shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni
tarbiyalashdan iborat.
O‘zbekistonda mustaqillikning birinchi kunlaridanoq din-
ning jamiyat hayotidagi muhim o‘rnini anglagan holda buyuk
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan qadriyatlarni qayta tiklash
uchun aniq va prinsipial chora-tadbirlar ko‘rila boshlandi.
Davlatning dinga yangicha munosabati «inson e’tiqodsiz yashay
olmaydi» degan aniq ishonch asosida belgilandi. Bu tamoyil
hozirgi kunga kelib «Alloh qalbimizda, yuragimizda» so‘zlarida
ifodasini topmoqda: «
Islom dini – bu ota-bobolarimiz dini, u biz
uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini
unutmaylik».
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov
dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida jumladan shunday
degan: «
Biz din bundan buyon ham aholining oliy ruhiy, axloqiy
12
va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan
bahramand qilish tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy
da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va
qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaymiz. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi,
barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz»
1
.
«Mamlakatimizni demokra-
tik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari,
yuksak texnologiyalar asosida
modernizatsiya qilish bilan bir-
ga, muqaddas dinimizni, mil-
liy o‘zligimizni asrab-avaylab
yashash ni maqsad qilib qo‘y-
gan miz».
Dostları ilə paylaş: |