Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/55
tarix02.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#137323
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik

Jayniylik.
Jayniylik miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda 
vujudga kelgan. Bu dinning asoschisi kshatriylar kastasidan 
chiqqan afsonaviy Vardxamana Maxavira (Jina ham deyilganligi 
sababli, jaynizm nomi ana shu so‘zdan kelib chiqqan) hisoblanadi. 
Jayniylik Hindistonda kastachilik tuzumiga qarshi bo‘lgan. 
Rivoyatlarga ko‘ra jayniylik ta’limoti asrlar osha 24 ta ustoz-
payg‘ambar orqali yetib kelgan, ularning eng so‘nggisi Jina edi.
Jayniylik ta’limotining asosiy g‘oyasi deyarli barcha hind 
dinlari uchun umumiy bo‘lgan 
karmalar
va 
nirvana
haqidagi 
ta’limot hisoblanadi. 
Nirvanaga
erishgan inson qayta tug‘ilishdan 
ozod bo‘ladi. Bunga esa faqat tarkidunyo qilganlargina erishadi, 
xolos. Shuning uchun mazkur ta’limotda tarkidunyochilikka 
alohida e’tibor beriladi. Inson dunyoda o‘zining barcha 
ehtiroslaridan voz kechgach, o‘z nafsini tiyishi, o‘z-o‘zini 
yengishi – yangi 
karma
hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada 
karma
ning kuchi yemirilib, uning ruhi kishanlardan ozod 
bo‘ladi. Kishining 
karma
si qanchalar zaiflashsa, uning ichki 
dunyosi shuncha boyib boradi. Bu jarayon ruhning to‘la ozod 
bo‘lgunigacha davom etadi. Nihoyat, ruhning butunlay ozod 
bo‘lishi – 
nirvana
holati yuz beradi.
Jayniylikda dunyoviy kishidan ham, tarkidunyo qilgan 
rohibdan ham ma’lum axloqiy qoidalarni bajarish talab qilinadi. 
Chunki hayotning maqsadi ruhni yomon 
karma
dan saqlash, 
yangi 
karma
ning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, borini 
ham asta-sekin yo‘q qilib yuborishdan iborat. Buning uchun 
dunyoviy odam besh narsaga amal qilishi kerak: birinchisi – 
zarar yetkazmaslik (
axinsa
), ikkinchisi – rost so‘zlash (
satya
), 
uchinchisi – o‘g‘irlik qilmaslik (
asteya
), to‘rtinchisi – zino 
qilmaslik (
braxmacharya
), beshinchisi – tamagirlik qilmaslik 
(
aparigraxa
). Mana shular insonning axloqiy mezonini tashkil 
qiladi.
Jayniylikda ikki asosiy yo‘nalish bo‘lib, 
birinchisi 
– 
digambarlar («moviy kiyim kiyganlar») deyiladi. Ular hayotning 


25
barcha lazzatlaridan voz kechishgan
. Ikkinchi yo‘nalish
– 
shvetambarlar
yoki
svetambarlar
(«oq kiyim kiyganlar») 
deb atalgan. Ular ushbu din aqidalari yozilgan eski matnlarni 
tiklash, ularga qonun tusini berish kerak deb hisoblaydilar. 
Bu yo‘nalish tarafdorlari hayotning barcha lazzatlaridan voz 
kechmaydilar.
Jayniylik dinining talablari qattiq bo‘lgani tufayli ham bu din 
Hindistonda keng tarqalmagan. Hozirgi kunda dunyoda bir yarim 
milliondan ortiq jayniylar mavjud. Ular, asosan, Hindistonning 
Rajputan, Gujarot va bir qator janubiy mintaqalari, Madxya, 
Bxarat shtatlarida istiqomat qiladilar.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin