30
Daochilik dinida uchta xudo – Shan-Di,
Lao-Szi hamda
dunyoni yaratuvchisi Pant-Gu boshchiligida xudolar panteoni
shakllangan. Shan-Di – osmon xudosi bo‘lib, u imperatorlarning
otasi hisoblangan.
Daochilik dini o‘z ibodatxonalari,
muqaddas kitoblari, diniy
xizmatni bajaruvchi ruhoniylariga ega.
V asr boshiga kelib, daochilik diniy ta’limoti va marosimlari
rasmiylashtirilib, davlat diniga aylangan.
Daochilik ta’limoti shakllangan paytda ijobiy xarakterga
ega edi. Keyinchalik u o‘zining ushbu xususiyatlarini yo‘qotdi.
Qolaversa, daochilik eskilikni
qattiq himoya qiladigan, ba’zi
hollarda tarkidunyochilikni targ‘ib etadigan din bo‘lgani uchun
ham bora-bora uning tarafdorlari kamayib borgan.
Sintoiylik.
Sintoiylik (shintoiylik ham deyiladi) yaponlarning
an’anaviy milliy dini bo‘lib, u milodiy VI–VII asrlarda
shakllangan. Sintoiylik – «xudo yo‘li» degan ma’noni anglatadi.
Sintoiylik diniga buddaviylikning ta’siri kuchli bo‘lgani tufayli
IX asrda ikkala din ruhoniylari birgalikda yashash – ryobu-sinto
(ikki birlik) modulini ishlab chiqqan. Shunday bo‘lsa-da, ular
o‘rtasida raqobat mavjud bo‘lgan. Sintoiylik ibodatxonalarida
Buddaga so‘zlarni aytish man qilingan.
Sintoiylik ta’limotiga ko‘ra, mikado (imperator) –
osmon
ruhlarining davomchisi sanaladi. Har bir yapon kishisi ikkinchi
darajali ruhlar (
kami
)ning vorisidir. Yaponlar
kami
ni ajdodlar va
qahramonlarning ruhlari deb e’tiqod qiladilar. Xudojo‘y yapon
o‘lgandan keyin o‘zining ham o‘sha kamilardan biri bo‘lishiga
ishonadi.
Sintoiylikda oliy iloh tushunchasi mavjud emas.
U ajdodlar
ruhi va tabiatga sig‘inishga o‘rgatadi. Sintoiylikda umumiy
hayotiy rioya qilinishi lozim bo‘lgan qoidalardan boshqa diniy
urf-odatlar yo‘q. Unda bir umumiy ma’naviy
qoida mavjud
bo‘lib, u ham bo‘lsa «Umum qonunlariga rioya qilgan holda
Tabiat qoidalariga mos harakat qil» degan qoidadir. Yaponlar
31
tasavvurida ular yaxshilik va yomonlik
tushunchalari tabiatan
bilganlar. «Kodziki» – sintoiylikning muqaddas kitobidir. Bu
kitob Yaponiya va yapon xalqini tushunishning kaliti hisoblanadi.
Unda ikkita asosiy mazmun mujassam, qon-qabilaviy birlik va
siyosiy hokimiyat g‘oyasi.
Sintoiylikning
ta’limotining
asosini
–
imperator
hokimiyatining ilohiyligi to‘g‘risidagi aqida tashkil etadi.
Imperator (mikado) xudo Amaterasining avlodi hisoblangan.
Sintoiylikning asosiy xudolari – Amaterasu (quyosh xudosi),
Susano-vo (bo‘ron xudosi), Inari (guruchli odam,
dehqonchilik
homiysi)lardir.
Har yili Yaponiyada ikki marotaba – 30-iyun va 31-dekabrda
umumxalq poklanish tadbirlari o‘tkaziladi. Sintoiylikda eng
nopok narsa qon hisoblanadi.
Yaponiyaning ikkinchi jahon urushida yengilishi bu dinning
asoslariga putur yetkazdi. Bugungi
kunda Yaponiyada sintoiylik
dindorlari an’anaviy marosimlarni asosan uy sharoitida ijro etib
kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: