54
Yuqorida sanab o‘tilgan bayramlar oldidan ularga tayyorgalik
sifatida turli muddatli postlar o‘tkaziladi. Postning mohiyati inson
ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhim voqealariga
tayyorgarlikdan iborat.
Pravoslav cherkovida ruhoniylar uch tabaqaga bo‘linadi:
1) dia kon, 2) ruhoniy, 3) yepiskop.
Diakon (grek. xizmatchi) ruhoniylikning eng quyi tabaqasi
hisoblanadi.
Ruhoniy yoki Ierey pravoslav ruhoniyligining ikkinchi
tabaqasi hisoblanadi. Yepiskop yoki arxiyerey ruhoniylikning
eng oliy unvoni hisoblanadi. Yepiskoplar barcha ibodat va sirli
marosimlarni bajara oladilar. Poytaxt shaharlarning yepiskoplari
mitropolit deb ataladi. Pravoslav cherkovining eng oliy mansabi
patriarxdir.
Dostları ilə paylaş: