59
7-§. Jahon dInlaRI. ISloM
Istiqlol sharofati bilan mamlakatimizda ijtimoiy adolat qaror
topib, madaniy merosimiz, milliy va diniy qadriyatlar rivoji
uchun imkoniyatlar yaratildi. Muhimi, ko‘hna tariximizga
munosabat tubdan o‘zgarib, uning ma’naviy- ruhiy ildizlaridan
biri – Islom dini asoslari to‘g‘ri talqin etilmoqda. Zero, Birinchi
Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek,
«Biz musulmon dini
haqida gapirganda, avvalo, Alloh va uning rasulini, o‘zimizga
ruhan yaqin bo‘lgan ulug‘ allomalarimiz, ulug‘ imomlarimizni
tasavvur qilamiz. Mana shu qutlug‘ zaminimizda tug‘ilib voyaga
yetgan, muborak nomlarini butun islom dunyosi cheksiz ehtirom
bilan tilga oladigan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy,
Xoja Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq
G‘ijduvoniy, Zamaxshariy kabi piri komillarimizni nazarda
tutamiz. Ma’naviy hayotimizni mana shu ulug‘ nomlar bilan
bog‘laymiz»
1
.
Ma’lumki, islom dini bizning yurtimizda VIII asrning
birinchi choraklarida muqim ravishda qaror topib, mahalliy
xalqlar tomonidan qabul qilingan. Ulug‘
ajdodlarimiz bu
dinning manbalari Qur’on va hadislar bilan tanishib, ularning
mazmun -mohiyatini atroflicha idrok etib, chuqur anglagandan
keyin, bu insonni ma’naviy
kamolotga, ijtimoiy taraqqiyotga
undaydigan buyuk bir ta’limot, beqiyos hayotiy falsafa
ekanligiga komil ishonch hosil qildilar.
1
Karimov I.A.
Аlloh qalbimizda, yuragimizda // Biz kelajagimizni o‘z
qo‘limiz bilan quramiz. – Т.: «O‘zbekiston», 1999, 7-jild. B. 352–353.
60
Islomning haqiqiy insonparvarlik, bunyodkorlik g‘oyalari,
uning yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etganligi ota-
bobolarimiz tomonidan qalban
va chin yurakdan qabul qilinib,
ularning haqiqiy e’tiqodiga zamin yaratdi.
Mustaqillik yillarida yurtimizda yetishib chiqqan, jahon ilm-
fani va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan allomalar
tavalludlari xalqaro miqyosda nishonlanib, ularning ma’naviy-
ilmiy merosini chuqur o‘rganish va xalqimizga yetkazish
bo‘yicha qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirilayotganligini
alohida ta’kidlash joiz.
Islom Konferensiyasi Tashkilotining Ta’lim, fan va ma-
daniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmasi (ISESCO)
tomonidan 2007-yilda poytaxtimizga «Toshkent –
islom
madaniyati poytaxti» degan yuksak maqom berilishining
o‘ziga xos tarixiy va zamonaviy asoslari mavjud. Ushbu yuksak
maqom jannatmakon diyorimizdagi islom obidalarini asrlar
davomida madaniyat durdonalari sifatida e’zozlab kelayotgan
xalqimiz imon-e’tiqodi, qadriyatlarining yana bir karra e’tirof
etilishini bildiradi.
Islom dini vujudga kelmasdan oldingi davr o‘rta asr
manbalarida johiliya deb yuritiladi. Johiliya so‘zi arab tilida
johillik, bilimsizlik, nodonlik ma’nolarini beradi. Bu so‘z
Arabistonning islomdan oldingi davriga nisbatan ishlatiladi.
Chunki bu davrda arablar orasida al-Vasaniyya – ko‘pxudolik
hukm surib, ular yakkaxudolik e’tiqodidan bexabar edilar.
Bundan tashqari xalq orasida qizlarni tiriklayin ko‘mish,
mayxo‘rlik va boshqa axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan edi.
Islom dini kelganidan keyin bunday
johilona odatlarga chek
qo‘yildi va undan oldingi davr «johiliya davri» deb atala
boshlandi.
Arabiston aholisi yurtlarining jug‘rofiy joylashuvi jihatidan
ikki qismga bo‘linadi: O‘troq arablar – Yaman, Hadramavt va
Ummon kabi janubdagi unumdor mintaqalarda joylashgan bo‘lib,
ularni janub arablari ham deyiladi.