Madina suralari nozil
bo‘lishining besh davri:
I davr (622-y. oktabrdan
624-y. gacha). Muhammad
(s.a.v.) Madinaga ko‘chib kel-
ga nidan makkaliklar bilan
birinchi yirik to‘qnashuv –
Badr jangigacha 4 ta sura.
II davr (624-y. martidan
625 y. martigacha). Badr jan-
gidan keyin Uhud jangigacha
o‘tgan bir yil ichida 3 ta sura.
III davr (625-y. martidan
627-y. martigacha). Uhud jan-
gidagi mag‘lubiyatidan keyin
Xandaq jangigacha 5 ta sura.
IV davr (627-y. aprelidan
630-y. yanvarigacha). Xandaq
jangidan so‘ng Makkaning oli -
nishigacha 8 ta sura.
V davr (630-y. fevralidan
632-y. mayigacha). Makka olin-
ga nidan keyin Muhammad
(s.a.v.) payg‘ambarning vafoti-
gacha 4 ta sura.
70
o‘rinda aytishimiz kerakki, bugungi kunda Hazrati Imom
(Hastimom) majmuasi «Baroqxon» madrasasi, «Mo‘yi Muborak»
madrasasi, «Namozgoh» va «Tilla Shayx» masjidlaridan iborat
tarixiy ansambllarni o‘z ichiga olgan inshootlar – muqaddas
ziyoratgohga aylandi.
Mustaqillik yillarida Qur’oni karimni ham o‘zbek tiliga
tarjima qilishga kirishildi. 2001-yilda taniqli olim Abdulaziz
Mansur tomonidan Qur’oni karim ma’nolarining izohli tarjimasi
tayyorlandi va bir necha marta nashr etildi.
Hadisi sharif.
Hadis – Muhammad alayhissalomning aytgan
so‘zlari, qilgan ishlari, taqrirlari (ko‘rib qaytarmagan ishlari)
yoki u kishiga berilgan sifatlarni o‘zida mujassam qilgan xabar
va rivoyatlardir. «Hadis» so‘zining lug‘aviy– so‘z; xabar; hikoya;
yangi kabi ma’nolari bo‘lib, istelohda esa – «al-hadis an-Nabaviy»
ya’ni, Payg‘ambar so‘zlaridir.
Hadislar Qur’ondan keyingi asosiy manba hisoblanadi.
Hadislar ikki qismdan: aynan xabar beruvchi
matn
va uni rivoyat
qilgan roviylar zanjiri –
isnoddan
iborat.
Hadis ikki xildir:
– al-hadis al-qudsiy (bunday hadisda, ma’no Allohdan, lafz
esa Payg‘ambardan bo‘ladi);
– al-hadis an-nabaviy (bunda ma’no ham lafz ham
Payg‘ambarnikidir).
Hadislar ilk davrda faqat og‘zaki ravishda avloddan avlodga
uzatilar edi. Yozma ravishda hadislarni to‘plamaslik haqidagi
Payg‘ambarning ko‘rsatmalari asosan ilk islom davriga taalluqli
edi. Payg‘ambar a.s. o‘z so‘zlarini yozib olishdan sahobalarni
qaytarishlariga sabab hadislarning Qur’on oyatlariga aralashib
ketmasligi uchun edi. Chunki vahiy nozil bo‘lib turgan paytda
ba’zi kishilar Qur’on oyatlarini yozib borar edilar. Boshqa hadisda
esa Payg‘ambar a.s.: «Bu og‘izdan – deya o‘z og‘izlariga ishora
qildilar – faqatgina haq so‘z chiqadi» – deb, o‘z so‘zlarini yozib
olishga buyurganliklari haqida rivoyat qilingan. Abu Dovud
71
o‘zining «Sunan» asarida ikki hadisni ketma-ket keltiradi –
ulardan birida Payg‘ambar o‘z so‘zlarini yozib olishdan qaytargan
bo‘lsalar, ikkinchisida unga buyuradilar.
Keyinchalik esa bu yozuvlar katta to‘plamlarga asos bo‘ldi.
Shunday ilk to‘plamlardan biri Madinadagi Urva ibn az-
Zubayrga (vaf. 94/712 yoki 99/717 y.) va ikkinchisi Suriyaga
ko‘chib ketgan Muhammad ibn Muslim az-Zuhriyga (vaf.
124/741 y.) tegishli.
Hadis
ko‘pincha
sunna
so‘zi bilan ham yonma-yon keladi.
Sunna so‘zining lug‘aviy ma’nosi – odat, tariqa – yo‘l bo‘lib,
Islomdagi istelohiy ma’nosi – Payg‘ambar odatlari, tutgan yo‘llari,
taqrir (ko‘rib qaytarmagan) va buyurgan ishlariga nisbatan
ishlatiladi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, hadislarning
zamirida sunna yotadi. Islom ta’limotida e’tiqod mezonlarini
belgilash va fiqhiy masalalarni hal etishda Qur’ondan keyin
sunnaga asoslaniladi.
VIII–IX asr asosan mavjud hadis to‘plamlari qayta ishlagan
holda ularni boblar bo‘yicha tasnif qilib,
musannaflar
yozish
davri bo‘ldi. Bu esa hadislardan foydalanish uchun ancha qulay
bo‘ldi. Islom olamida shunday musannaflardan oltitasi alohida
e’tiborga molik sanaladi. Ular – eng katta obro‘ga ega bo‘lgan
Imom al-Buxoriy va Imom Muslimning (vaf. 261/875) «al-Jomi’
as-Sahih» to‘plamlari, undan keyingi eng muhim asarlar – Abu
Dovud, at-Termiziy (vaf. 279/892 y.), an-Nasoiy (vaf. 303/915 y.)
va Ibn Mojjaning (vaf. 273/886) «as-Sunan» asarlaridir. «al-Jomi’
as-Sahih» kitoblari o‘z ichiga biografik ma’lumotlar, Qur’on
oyatlariga tafsirlar, diniy qonun-qoidalar, ijtimoiy va shaxsiy
axloq mezonlarini ham qamrab oldi. «al-Jomi’ as-Sahih»ning
ishonchlilik darajasi boshqa to‘plamlardan ko‘ra ancha yuqori
hisoblanadi.
Yana bu muhaddislar qatorida Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon
ad-Dorimiy Samarqandiyni (181/798–255/869) ham aytib o‘tish
lozim. U olim Samarqandda yashab, ijod etgan bo‘lib, hadis
ilmini rivojlantirishga o‘zining katta hissasini qo‘shgan. Imom
Dorimiy «Sunan ad-Dorimiy» asari muallifidir.
72
Hadislar orasida Payg‘ambar nomidan aytilgan to‘qima
so‘zlar ko‘p uchraydi. Ularda Arabistondan uzoqdagi fath
qilinishi lozim bo‘lgan va hatto Payg‘ambar davrida hali
asos solinmagan shaharlar haqida so‘z boradi. Ilk islom
davrida vujudga kelgan xorijiy, murji’iy, qadariy, jahmiy kabi
oqim va guruhlar haqida gapiriladi. Umaviylar (661–750)
va Abbosiylarning (749–1258) benuqson xalifaliklari zikr
qilinadi. Bunday hadislarni Payg‘ambardan kelgan deb qabul
qilish juda qiyin.
Turli kishilarning hadis to‘qishga bo‘lgan urinishlari hadislar-
ning naqadar katta ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatadi. Shu-
ning uchun ham ixtiroga usta kishilar o‘z g‘oyalarini targ‘ib etish
maqsadida undan unumli foydalandilar.
Xuddi shu o‘rinda hadis ilmi taraqqiyotida ayollarning o‘rnini
alohida ta’kidlash lozim. Hadislarni rivoyat qilgan roviylar haqida
xabar beruvchi ilm ilm ar-rijol (kishilar haqidagi ilm) deb atalsa-
da, bu sohada zikr etilgan hadis rivoyatchilari orasida ko‘plab
ayollar uchraydi.
Hadislarni tanqidiy o‘rganish bo‘yicha tez orada olti
to‘plamda uchragan bir qator maxsus terminlar guruhi vujudga
keldi. Imom Termiziy bu sohada salmoqli ishni amalga oshirdi.
U faqatgina hadislarni to‘plash bilangina cheklanib qolmasdan,
ularni tahliliga ham alohida bo‘lim ajratdi. Imom Termiziy
birinchilardan bo‘lib hadislarni sahih, hasan va zaif guruhlarga
ajratgan olimdir. Vaqt o‘tishi bilan hadis ilmidagi terminlar
taraqqiy etib bordi va bu sohada umumiy qabul qilingan shaklga
keldi.
Mustaqillikdan keyin vatanimizning ilmiy, madaniy, ma’naviy
va diniy tarixini chuqur tadqiq etishga keng yo‘l ochilganidan
so‘ng mamlakatimizda hadislarni o‘rganish bo‘yicha talaygina
ishlar amalga oshirildi. «Axloq-odobga oid hadis namunalari»,
«al-Adab al-mufrad», «Ming bir hadis», IV jilddan iborat «Hadis»
nomli «al-Jomi’ as-sahih»ning tarjimasi hadis to‘plamlari sifatida
73
nashr etildi. Yurtimiz tadqiqotchi-olimlari tomonidan Imom
Buxoriy, Imom Termiziy kabi bir qator muhaddislar hayoti,
ilmiy faoliyatlarini yoritib berish yo‘lida ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda.
Respublika Vazirlar Mahkamasining buyuk muhaddis
Imom Buxoriy ilmiy-diniy merosining xalqimiz ma’naviy ruhiy
hayotidagi beqiyos o‘rnini hisobga olib, jamiyatning barkamol
kishilarini tarbiyalashda undan oqilona foydalanishga shart-
sharoit yaratish maqsadida 1997-yil 29-aprelida «1998-yilda
Imom Buxoriy tavalludining hijriy qamariy taqvim bo‘yicha
1225 yilligini mamlakatimizda keng nishonlanishi haqida» qaror
qabul qildi. Bu qaror asosida buyuk muhaddis yubiley to‘yi butun
mamlakatimiz miqyosida nishonlandi.
Dostları ilə paylaş: |