107
me’yorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani bo‘yicha yashash,
ishlash imkoniyati. Bunda dinga munosabat masalaning bir
tomoni hisoblanadi.
gUNOH
(fors – jinoyat, ayb) – shariat
qonunlariga va diniy
aqidalarga xilof ish yoki harakat.
DIN
– arab tilidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi
«ishonch, e’tiqod»dir. Istilohiy ma’nosi lotin tilidagi «religion»
so‘zi bilan mos keladi. Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular,
toat-ibodatlar va diniy tashkilotlar faoliyatlari orqali namoyon
bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini
tasavvur qilishning alohida
tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan
to bizgacha o‘tgan davrlarning ilohiy tasavvurda aks etishidir.
Din komil insonni tarbiyalashda asosiy tarbiyalovchi qudratga
ega bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir.
Dostları ilə paylaş: