Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/55
tarix02.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#137323
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik

ISLOM FUNDAMENTALIZMI
– Qur’on va hadislarga 
so‘zma-so‘z talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan 
aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-konservativ ruhdagi oqim. 
Islom fundamentalizmi vakillari islomning fundamental (asosiy) 
tamoyillari jamiyatning taraqqiyot yo‘lini belgilab beradi, deb 
hisoblaydilar va faqat ularga amal qilishga da’vat etadi. Keyingi 
paytlarda mutaassib musulmonlar «fundamentalistlar» deb atal-
moqda.
ISLOMgAcHA BO‘LgAN MA’NAVIY MEROSIMIZ-
NINg NAMUNALARI
– muqaddas «Avesto» kitobida, «Kul-


109
tegin», «Bilga Xoqon», «To‘ngyuquq» bitiklari, Kayxusrav va 
Doroga qarshi kurashgan milliy qahramonlarimiz haqida «To‘-
maris», «Shiroq» afsonalari, Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn)
ga qarshi kurashgan Spitamen haqidagi rivoyatlar, Panjikentda 
topilgan (1932-yilda) so‘g‘d yozuvidagi 86 hujjat, Xorazmdagi 
Tuproq qal’adan topilgan 83 dan ortiq qadimgi Xorazm 
yozuvlarida va boshqa hujjatlarida o‘z aksini topgan.
ISLOM
– (arabcha – bo‘ysunish, itoat etish, o‘zini Alloh 
irodasiga topshirish) – jahonda keng tarqalgan uch din 
(buddaviylik va xristianlik bilan bir qatorda)dan biri. Islom diniga 
e’tiqod qiluvchilar arabcha «muslim» («islomni qabul qilgan», 
«itoatli», «sadoqatli»; ko‘pligi «muslimun») deb ataladi. «Muslim», 
«muslimum» so‘zining boshqa xalqlar orasida o‘zgacha talaffuz 
etish (masalan, forslarda – musalmon, o‘zbeklarda – musulmon, 
qirg‘iz va qozoqlarda – musurmon, Ukraina va Rossiyada – 
basurmon, musulman) natijasida bu dinga e’tiqod qiluvchilar turli 
nom bilan ataladi. Lekin bularning ichida hozir musulmon iborasi 
keng tarqalgan.
MADINA
– (arab. – shahar, to‘liq arabcha nomi – Madinat 
Rasululloh yoki Madinat an-nabiy – payg‘ambar shahri) – 
Saudiya Arabistonining shimoli-g‘arbiy qismidagi shahar. Hijoz 
viloyatida bo‘lib, xalq uni Madinai munavarra – Nurafshon 
shahar deb e’zozlaydi. Makkadan 400 km. shimolda joylashgan. 
Madinaga asos solingan vaqt noma’lum. Qadimgi Yasrib 
(Yatrib) ilk o‘rta asrlardan boshlab Madina deb atalgan. 622 yil 
Muhammad (s.a.v.) Makkadan Madinaga ko‘chib o‘tganlar va 
qolgan umrlari shu yerda kechgan.
MADRASA
– (arab. – dars o‘qitiladigan joy, darsxona) 
islomda o‘rta maxsus diniy o‘quv yurti. Yaqin va O‘rta Sharq 
mamlakatlarida ulamolar va maktabdorlar, davlat idora xodimlarini 
tayyorlagan. Islom mamlakatlarida madrasa haqidagi ilk 
ma’lumotlar X asrga oid bo‘lib, ular Xuroson va Movarounnahrda 
joylashgan. XI asrdan boshlab yetakchi o‘quv yurtiga aylangan, 


110
bungacha ta’lim masjidlarda va xususiy uylarda, shuningdek, 
mehmonxonalar, kutubxonalar, kasalxonalarda olib borilgan. 
Madrasalar vaqf hisobiga ta’sis etilgan. Madrasalarda mudarrislar 
va boshqa xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o‘quv jihozlari 
(daftar, kitob, qalam va boshqalar) va turar joy bilan ta’minlangan.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin