Z nishanova, G. Alimova



Yüklə 242,63 Kb.
səhifə1/30
tarix13.06.2023
ölçüsü242,63 Kb.
#128084
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Z. NISHANOVA, G. ALIMOVA
BOLALAR
PSIXOLOGIYASI VA UNI 0‘QITISH METODIKASI
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi ilmiy-uslubiy va o‘quv-uslubiy
birlashmalari faoliyatini muvoflqlashtirish Kengashi tomonidan Oliy
o‘quv yurtlari Maktabgacha ta’lim (5141700) bakalavriat yo'nalishi
talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
O4 zbekiston YozovchOar uyushmasi Adabiyot jamg‘annasi nashriyoti
Tosbkent - 2006
Z. Nishanova, G. Alimova. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. 0‘quv qo'llanma. -T.: 0‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. 160 b.
Qo'llanmada bolalar psixologiyasi fanining dolzarb muammolari yoritilgan. Chaqaloqlik, go'daklik, ilk bolalik.maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, irodaviy-hissiy xislatlari va psixologik xususiyatlari bayon etilgan. Shu bilan birga bolalar psixologiyasini o'qitish metodikasi fanining muhim jixatlari ochib berilgan. Qo'llanma psixologlar, tarbiyachilar, pedagoglar, maktabgacha tarbiya muassasasining mutaxassislariga, talabalarga mo'lajalangan.
Taqrizchilar: F.I.HAYDAROV
psixologiya fanlari nomzodi, dotsent; XALIMOY
psixologiya fanlari nomzodi,dotsent.
© Ol zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006.
KIRISH
Наг tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo'lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. 0‘quv qo'llanmada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, ya’ni bola tug'ilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo'lgan davrini qamrab olgan.
0‘quv qo'llanmada bolalar psixologiyasining hozirgi vaqtdagi dolzarb muammolari ko'proq o‘z aksini topgan. Mamlakatimiz prezidenti IAKarimov asarlarida 0‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida, Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarida tarbiyachilar, pedagoglar oldiga ulkan vazifalami yuklamoqda.
Ana shu vazifalami amaliyotda o‘z ifodasini toptirishda bolalar psbcologiyasi va uni o'qitish metodikasi fani muhim rol o‘ynaydi. 0‘quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida bolalar psbcologiyasi fanining metodlari, vazifalari va uning boshqa fanlar bilan aloqasi, chaqoloqlik, go'daklik, ilk bolalik va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalaming bilish jarayonlari, hissiy-irodaviy, motivatsion jihatlarining shakllanishi chuqur tahlil qilingan. QoTlanmaning ikkinchi qismida bolalar psixologiyasi, umumiy psbcologiya, yosh va pedagogik psbcologiya kabi fanlardan ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etish bo'yicha qimmatli materiallar berilgan.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da belgilanganidek, darslik va o‘quv qo'llanmalaming yangi avlodini tayyorlash ishiga mualliflar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo'llanma munosib hissa qo'shadi, degan umiddamiz.


  1. Yüklə 242,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin