Z nishanova, G. Alimova


О‘yin bog‘cha yoshidagi bolalarda yetakchi faoliyat



Yüklə 242,63 Kb.
səhifə8/30
tarix13.06.2023
ölçüsü242,63 Kb.
#128084
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
1. О‘yin bog‘cha yoshidagi bolalarda yetakchi faoliyat

sifatida
Rolli о‘yin - bog‘cha yoshidagi bolalaming yetakchi faoliyatidir. Rolli o‘yin mazkur yosh davridagi bolalaming eng muhim faoliyati bo‘lib, ular bunday o'yinda go‘yo katta yoshdagi odamlaming barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. Shu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muhit voqealari, oilaviy turmush hodisalari, shaxslararo munosabatlami umumlashtirgan holda aks ettirishga harakat qiladilar. Bolalar kattalarning turmush tarzi, his-tuyg‘u, o‘zaro muomala va muloqotlarining xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalaiga, atrof-muhitga munosabatlarini yaqqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli o‘yinchoqlardan, shuningdek, ulaming vazifasini o‘tovchi narsalardan ham foydalaniladi. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabhalarini qamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga emas, balki turmush tajribasining ortishi, tasawur obrazlarining kengayishi natijasida vujudga keladi, mohiyati va mazmuni jihatidan oddiydan murakkabga qarab takomillashib boradi.
Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri bolada o‘z xatti-harakatlarini kattalar xatti-harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga o‘xshatish tuyg‘usining mavjudligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ulaming xatti-harakatlari bolaning ham tashqi, ham ichki ibrat namunasi bo‘ladi va kattalar uning xulq-atvori, yurish-turishining ham ob’ekti, ham^ub’ekti hisoblanadi.
6. 2. 0‘yin faoliyati nazariyasi
Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi xilma- xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlami tadqiq qiigan
N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim:

  1. taasurotlar tarkib topishi;

  2. har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining miihayyoligi;

v) bolalaming kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalaming bolaga bevosita ta’sir ko‘satish uslubi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
D.B. Elkonin o'z tadqiqotida rolli o'yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi. Uning fikricha, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatini aniqroq aks ettirishi o'yinning mazmunini tashkil qiladi.
A.P. Usovaning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, rolli o'yin ishtirokchilarining safi yosh ulg‘ayishiga qarab, jinsiy tofovutlaiga binoan kengayib boradi:

  1. uch yoshli bolalar 2-3 tadan guruhga birlashib, 3-5 daqiqa birga o‘ynay oladilar;

  2. 4-5 yoshlilar guruhi 2-3 tadan ishtirokchidan iborat bo‘lib, ulaming hamkorlikdagi faoliyati 40-50 daqiqa davom etadi, o‘yin davomida qatnashchilar soni ham ortib boradi:

v) 6-7 yoshli bolalarda rolli o'yinni guruh yoki jamoa bo‘lib birga o‘ynash istagi vujudga keladi, natijada awal rollar taqsimlanadi, o‘yinning qoidalari va shartlari tushuntiriladi (o‘yin davomida bolalar bir-birlarining harakatini qattiq nazorat qiladilar).
Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o'yinlar katta ro‘l o‘ynaydi. Bog‘cha yosh davrida harakatning o‘sishida o'yinning ta’siri haqida gap borganda, awalo, shuni aytish kerakki, birinchidan, o'yinni tashkil qilishning o'ziyoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini o'stirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratadi. Ikkinchidan, o'yin bola harakatiga ta’sir etishining sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab ko'nikmalarini sub’ekt aynan o'yin payti emas, balki bevosita mashg'ulot orqali o'zlashtiradi. Uchinchidan, o'yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlami vujudga keltiradi. Shu boisdan o'yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligini ta’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi.
Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko'proq so‘zlami eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo'ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Tajribada yig'ilgan ma’lumotlami tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi:

  1. o'yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va ijro etish jarayoni bir talay axborotlami eslab qolishni talab qiladi;

  2. shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti — harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo'ladi va oson amalga oshadi.

6. 3. Bola ruhiy rivojlanishida o‘yinning ahamiyati
0‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘z xulqini boshqarish ko‘nikmalarini tarkib toptirish bilan bog'liq psixologik muammoni o‘igangan Z.V. Manuylekoning fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan o'yinda xulq ko‘nikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil bog‘cha yoshi davrining xususiyati sifatida o'zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktab yoshidagi bolalarda o‘z xulqini o‘zi boshqarish ko'nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa paytida oldindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqoridagi mulohazalar asosida umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z hulqini boshqarish 'o‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi, deyish mumkin.
Bolaning aqliy o‘sishi haqida fikr yuritilganda, shuni ham aytib o‘tish kerakki, narsalami yangi nom bilan atashda yoki yangicha nomlash holatidan kelib chiqib, sub’ekt o‘yin paytida faol harakat qilishga urinadi. Chunki u moddiy narsalarga asoslangan harakat rejasidan tasawur qilinayotgan, fikr yuritilayotgan jismlar mohiyatini aks ettiruvchi harakat rejasiga o‘tadi. Bola jismlaming moddiy shaklidan birdaniga ulaming xayoliy ko‘rinishiga o‘tishida uning uchun tayanch nuqtasi bo‘lishi kerak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o‘tovchi narsalaming u aksariyatidan o‘yinda bevosita ob’ekt sifatida foydalanadi. 0‘yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlami aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to‘g‘risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog‘liq o‘yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli xususiyati, bosqichi kabilami qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. 0‘yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ko‘rinishidagi mantiqan izchil, yig‘iq shaklga o‘tishning asosini tashkil qiladi.
Psixolog J. Piaje o‘yinda jismlaiga yangi nom berish omiliga jiddiy e’tibor bilan qarab, bu ish ramziy ma’noli tafakkur shakllanishining tayanchi, degan xulosaga keladi. Lekin bu xulosa vaziyatni aks ettirishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li ekanligini bildirmaydi. Shuning uchun narsaning nomini o‘zgartirish bilan bolada tamkkur va aql- zakovat o‘sishini kutish ham mantiqqa mutlaqo ziddir. Aslida narsalarni qayta nomlash emas, balki o‘yin harakatlarining xususiyatini o'zgartirish bolaning aqliy o'sishiga sezllarli ta’sir o‘tkaza oladi. Darhaqiqat, o‘yin faoliyatida bolalarda harakatning yangi ko'rinishi, ya’ni uning fikriy, aqliy jihati namoyon bo'ladi va shuning uchun o'yin harakatlarini shakllantirish jarayonida bolada fikrlash faoliyatining dastlabki ko‘rinishi vujudga keladi. Bolaning aqliy kr.mol topishida yoki uning umumiy kamolotida o‘yinning muhim ahamiyat kasb etishi xuddi mana shu dalil orqali o‘z ifodasini topadi.
Bola o‘yin faoliyatida maktab ta’limiga tayyorlanib boradi, shu boisdan, unda aqliy harakatlaming yaqqol shakllari tarkib topa boshlaydi. Rolli o‘yin faqat alohida olingan psixik jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxs xususiyat va fazilatlarini shakllantirishda ham zarurdir. Binobarin, katta yoshdagi odamlar rolini tanlab, uni bajarish bolaning his-tuyg‘ularini qo‘zg‘atuvchilar bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Chunki o‘yin davomida bolada har xil xohish va istaklar tug‘ila boradi, bular boshqa narsalaming tashqi alomatlari, o‘ziga rom etishi sababli hamda bolaning ixtiyoridan tashqari, tengdoshlarining ta’siri ostida tug'iladi.

  1. - BOB

MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDA MEHNATNING
XUSUSIYATLARI


  1. Bog‘cha yoshida mehnat faoliyatining xususiyatlari

Bolalaming mehnat faoliyatlarini o‘zida qamragan mashg‘ulotlar asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalaming mehnatlari juda sodda va elementar bo‘Isa ham ulaming psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalaming mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastawal bolalaming o'yinlarida namoyon bo'ladi. Bolalar kattalaming mehnat faoliyatlarini o'zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun harakat qila boshlaydilar. Masalan, qiz bolalar onalari kir yuvayotganda suv tashish, ayrim kichikroq narsalami (dastro'molchalarni) chayishda qatnashadilar, uy va hovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar mehnatining natijasi emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir.
Bog'cha yoshidagi bolalaming ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari etadigan ishlami bajarayotganlarida ko‘p xatolaiga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalami mehnatga jalb qilmaslik kerak, bolalaming bajaradigan ishlarini kattalaming ozlari bir pasda qilib qo'yishlari mumkin, degan ma’no kelib chiqadi. Sharq halqlarida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur” Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bu bolalaiga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo’lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.
Bolalarda, xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan emas, balki eplay olmasliklaridan biror narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday “falokat” yuz beigan paytda bolani “anqov, merov, ko'zinga qarasang bo‘lmaydimi” deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning o‘miga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko'rsatib berish lozim.
Bog‘cha yoshidagi bolalami mehnatsevarlik mhida tarbiyalashda ulami inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi har bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Anashu tariqabolalar jips jamoabo‘lib mehnat faoliyati bilan shug’ullanadilar.
Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalami qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalami qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlami qo‘yib chiqadi. Bog'chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar.
Umuman o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalariga oilada kuchlari etadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ulami mehnatsevarlik mhida tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo'ladi.
Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o'simliklami parvarish qilish, bog‘cha hovlisida ishlash, oshxonada va gumhda navbatchilik qilish, kichkintoylami kiyintirishga yordam berish va boshqalar.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hah yo'lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, y’ani o‘simliklarga suv quyish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar shug‘ullanadilar.
0‘rta va katta guruh bolalan mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab, unga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, y’ani mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zg‘or ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan yondashadilar, kichkintoylar uchun qog‘oz, karton faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalaming har tomonlama, y’ani ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi.
Bog‘cha bolalari biron o'yin, ta’lim yoki mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lar ekan, ular asosida harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalaming xatti-harakatlari amalga oshirilayotgan sharoitga bog‘liq bo’ladi. Ular xatti-harakat motivlarini anglab ham etmaydilar. Shuning uchun ko'pincha o‘zlariga mutlaqo hisobot bermay, ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshira boshlaydilar.

  1. Bog‘cha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati

Bu yosh davrida bolalaming xatti-harakatlari va hulq atvorlarining motivlari ham o‘zgarib, rivojlanib boradi. Katta yoshli bog‘cha bolalarining xatti-harakat motivlari to‘la anglangan motivlardan iborat bo‘ladi. Masalan, katta yoshdagi bog‘cha bolalarining xatti-harakatlari, hulq-atvoriari asosida yotgan motivlar har tomonlama katta odamlarga o‘xshashdan iboratdir. Ular ana shunday kuchli mayl asosida taqlidiy o‘yinlarni, ta’limiy, y’ani didaktik mashg‘ulotlarni va mehnat mashg‘ulotlarini tashkil qilib o‘tkazadilar. Bolalaming asosiy maqsadlari katta odamlar bilan o'zaro munosabatni mustahkamlashdir. Bolalar katta kishilar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatishga intilar ekanlar, ular katta kishilarning buyurgan topshiriqlarini bajarishga, o‘rnatgan tartib-qoidalariga so‘zsiz bo'ysunishga harakat qiladilar.
Bolaning bog‘cha yoshidagi davrida o‘z qadr- qimmatini anglashi ham yuzaga kela boshlaydi. Bolalar bog‘chaga kelganda dastawal o‘z tengqurlarini sezmaslikka, payqamaslikka harakat qiladilar.
Keyinchalik turli o‘yin va majburiy mashg'ulotlar davomida bolalar jamoasiga qo‘shilib, o‘z tengqurlarining hurmatini qozonishga harakat qiladilar, yani boshqa bolalarga har tomonlama yaxshi ko‘rinishga intiladilar. Bog'cha yoshidagi bolalar xatti-harakatlari motivlarining rivojlanishida axloqiy motivlaming roli nihoyatda kattadir. Bolalar o‘z xatti-harakatlarini anglaganlari sayin axloqiy motivlaming yani ijtimoiy axloqiy qoidalarga rioya qilish motivlarining o’mi kuchayib boradi. Bolalar endi o'zlarining egoistic manfaatlari yuzasidan emas, balki ijtimoiy manfaat nuqtai nazaridan harakat qilishga o'rgana boshlaydilar. Masalan, bolalar o'zlari yoqtirgan o'zlariga eng yoqadigan o'yinchoqlarini boshqa bolalarga beradigan va hattoki o‘zlarining uyidan olib kelgan shirinliklarini ham bo‘lib beradigan bo‘ladilar. Shu tariqa bolalarda ijtimoiy motivlar rivojlana boshlaydi. Katta yoshdagi bog‘cha bolalari har doim kichik yoshdagi bolalarga yordam berishga, yani ijtimoiy motivlar asosida harakat qilishga intiladilar.

  1. Mehnat faoliyatining bola ruhiyatiga ta’siri

Bog'cha yoshidagi bolalar xatti-harakatlari motivlarining rivojlanishida axloqiy motivlaming roli nihoyatda kattadir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu yoshdagi bolalarda ijtimoiy axloqiy qoidalarga rioya qilish motivlari katta o’rin tutadi. Bog'cha yoshidagi bolalarda ana shunday motivlar bilan birga o‘z-o‘zini anglash, o'zining xatti- harakatlariga baho berish ham tarkib topa boshlaydi. Masalan, “Uch ayiq”, “Uycha”, “Aka-uka bahodirlar” kabi hikoyalami ifodali qilib o'qib berish yoki instsenirovka qilish orqali bolalarda o‘z-o‘zini anglash va o‘z xatti—harakatlariga baho berish tarbiyalab boriladi.

  1. - BOB

0‘QUV FAOLIYATI


  1. Yüklə 242,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin