0‘quv faoliyati rivojlanishining asosiy xususiyatlari
A.P.Usova bog‘cha yosh davridagi bolalar tomonidan o‘quv faoliyati o‘zlashtirilganligining aniq belgilarini ko'rsatadi. 0‘zlashtirishning uch saviyasi ajratilib, ular o'quv faoliyati rivojlanganligining turli darajalarini xarakterlaydi.
1 -darajasi. Bilish faoliyati barcha jarayonlarining mahsuldorligi va maqsadga qaratilganligi bilan o'qishga nisbatan faol va qiziquvchan munosabat, o'zining harakatlarini nazorat qilish va erishilgan natijalarini baholash qobiliyatiga egaligi bilan farqlanadi. 0‘zlashtirilganlar asosida bolalar amaliy va aqliy faoliyatida qurbi etadigan vazifalami echa oladi.
darajasi - kuchsizroq. 0‘quv faoliyatini egallashning barcha ko'rsatkichlari etarli rivojlanmagan. Lekin shu bilan biiga bolalar ta’limidagi ba’zi bir ehtimoliy og'ishishlar ham bundan mustasno emas.
darajasi. Mashg'ulotlarda tashqi intizomning o‘quv faoliyati shakllanishidagi boshlang’ich davr.
- BOB
SENSOR TARBIYA TIZIMINING PSIXOLOGIK ASOSLARI Sezgi o‘z mohiyati jihatidan birmuncha sodda psixikjarayon (aks ettirish jarayoni) bo‘lishiga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbaidir. Narsa va hodisalaming ayrim belgilari, xususiyatlarini aks ettirishdan iborat bo'lgan sezish protsessining fiziologik mohiyati mashhur fiziolog I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlaming analizatorlar haqidagi ta’limotlarida atroflicha ochib berilgan. Akademik I.P.Pavlov oiganizmning hissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi. Mana shuning uchun har bir sezgi oigani analizatorlaming barcha qismlarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, akademik I.P.Pavlov ta’limotiga ko'ra, har bir analizator asosan uch qismdan iborat: 1) tashqi ta’sirlami qabul qilib oluvchi periferik qism (bu odatda retseptor deb yuritiladi); 2) taassurotni markazga olib bomvchi (afferent) va markazdan tegishli javob reaktsiyasini olib qaytuvchi (efferent) nerv tolalari; 3) analizatoming orqa yoki bosh miyadagi markaziy qismi.
Sezgi mana shu qismlaming yaxshi va ravon ishlashiga bog‘liqdir. Analizatorlaming bironta qismi ishdan chiqsa, sezish bo‘lmaydi. Demak sezishning fiziologik asosida analizatorlar ishidan iborat bo'lgan organizmning reflektor faoliyati yotadi.
Analizatorlaming asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan turli qo‘zg‘ovchilami ayrim bo‘laklarga ajratishda, ya’ni analiz qilishdan iboratdir. Shuning uchun ham sezgi oiganlari analizatorlar deb ataladi.
Sezgi va idrok rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq boigan bilish jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bo‘lishi uchun zamin yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning amaliy faoliyati takomillashuvining asosidir.
Sensor tarbiya haqidagi sobiq sovet psixologlarining fikri g’arb olimlari fikrining psixologik asoslaridan printsipial tarzda farq qiladi.
Har ikki tomon nuqtai nazarlari, awalambor, bola sezgisi va idroki rivojlanishini harakatga keltiruvchi sabablar va ulaming bu jarayondagi tarbiyaviy rolini tushuntirishda farqlanadi. Ko‘pgina g’arb psixologlari sensor jarayonlar go‘yoki bolada tayyor holda tug'ma mavjud bo'ladi, deyishadi. Sensor tarbiyasidan maqsad — bu jarayonlami mashq qildirish deb hisoblashadi.
Rus psixologlarining nuqtai nazarlari bo'yicha, rivojlanish yangi, bolada ilgari bo'lmagan sensor jarayonlarini shakllantirishdir. Albatta, analizatorlaming takomillashuvi (eshitish, ko'rish, teri orqali tuyish, hid bilish va b.q.) sezgi va idrok rivojlanishining zarur shartlaridan va uning rolini rad etish mumkin emas. Lekin bu faqat sensor rivojlanishining organik imkoniyati, sharti, biroq, bulaming barchasi sezgi tajribasini egallamay turib sodir bo‘lmaydi. Tafakkur, nutq sensor tajriba ortishi natijasidir.
Sensor etaloni boiib musiqiy tovushlar (do, re, mi,...), ona tilining tovushlar sistemasi, geometrik figura, ranglar va boshqalar xizmat qiladi. Sensor namunalarini o'lchov tizimi tarzida egallash idrokni sifat jihatidan o'zgartiradi.