Z nishanova, G. Alimova


Pedagogik jarayonning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 242,63 Kb.
səhifə24/30
tarix13.06.2023
ölçüsü242,63 Kb.
#128084
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Pedagogik jarayonning tarkibiy tuzilishi

Pedagogik jarayon pedagog tomonidan tashkil etiladi. Qachon, qayerda va kim tomonidan tashkil etilishidan qat’i nazar pedagogik jarayon doim bir xil tarkibiy tuzilishga ega bo'ladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: maqsad, tamoyillar, mazmun, metodlar, vositalar, shakllar.
Maqsad o‘qituvchi va o‘quvchi intilayotgan yakuniy natijani aks ettiradi. Tamoyillar maqsadga erishish uchun qanday yo‘nalishlar bo'yicha faoliyat olib borish lozimligini belgilaydi. Mazmun tanlangan yo‘nalish bo'yicha maqsadga erishish uchun o'quvchilarga etkaziladigan ijtimoiy tajribaning muayyan qismini anglatadi. Ta’lim mazmuni deganda o'quvchilaming o'qish jarayonida egallab olishi lozim boTgan hamda tizimga solingan bilim, ko'nikma va malakalarning aniq belgilangan, jamiyat va davlat tomonidan tanlangan va tan olingan doirasi tushuniladi. Metodlar mazmunni uzatish va qabul qilish uchun o'qituvchi va o'quvchi tomonidan qo'llanadigan harakatlardir. Vositalar mazmunni uzatish va qabul qilish jarayonining samarador bo'lishini ta’minlaydigan maxsus qurollardir. Shakllar ta’lim mazmunini uzatish va qabul qilish yuzasidan amalga oshiriladigan faoliyat qanday sharoitda ro’yobga chiqarilishini belgilab beradi.
Pedagogik jarayon dinamik tabiatga ega bo'lishi uch xil tuzilma — pedagogik, metodik va psixologik tuzulmalaming o'zaro ta’sirlashuvi talab etiladi. Pedagogik tuzilma ta’lim va taibiya jarayonining maqsadi, shakllari, mazmuni va hokazolarni aniqlashtiradi, ushbu jarayonlaming tashkil etilishi masalalami hal etadi. Metodik tuzilma tarkib toptirilishi uchun maqsad bir qator vazifalaiga ajratiladi va ushbu vazifalar o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining bosqichlarini belgilab beradi. Masalan, metodik tuzilma faoliyatni qanday amalga oshirish haqida yo'riqnoma (ko'rsatma) berish, kuzatish amalga
oshiriladigan joyga borish, ob’ektni kuzatish, kuzatish natijalarini qayd etish, natijalami muhokama qilish kabi qismlardan tashkil topishi bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Mazkur ikki tuzilmadan tashqari pedagogik jarayon psixologik tuzilmani o‘z ichiga oladi. Psixologik tuzilma quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1) idrok, tafakkur, axborotni eslab qolish, o'zlashtirish jarayonlari; 2) o‘quvchilaming qiziqishlari, moyilliklari, o'quv motivatsiyasi, emotsional holatining dinamikasi; 3) faollik dinamikasi, jismoniy va asosiy zo‘riqish, ishchanlik va toliqish. Demak psixologik tuzilma tarkibida 3 qismni ajratish mumkin: 1) bilim jarayonlari; 2) o‘quv motivatsiyasi; 3) zo‘riqish.
Ta’lim metodlari pedagogik jarayon tarkibida alohida o‘ringa ega. Keng ma’noda metod (grekcha nimagadir olib boradigan yo‘l) amaliy faoliyatlami anglatadi. Ta’lim metodi deganda, ta’lim jarayonida o'qituvchi va o‘quvchilaming kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan biigalikdagi faoliyatlari tushuniladi.
Ta’lim shakllari muayyan belgilangan tartibda va sharoitda amalga oshiriladigan o‘qituvchi va o'quvchining maxsus tashkil etilgan faoliyatini anglatadi. Ayni paytda umumiy ravishda ta’limni tashkil etishning ikki xil shakli ajratiladi: 1. Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar; 2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg‘ulotlar. Metodning ta’lim shaklidan farqi shuki, unda o‘quvchi tomonidan bilimlaming egallanishi usullari, pedagogik jarayonda o‘quvchining ham ishtirok etishi usullari qamrab olingan bo'ladi.

  1. Ta’lim metodi” tushunchasining mazmuni

Pedagogik adabiyotlarda “ta’lim metodi” tushunchasiga xilma xil ta’riflar beriladi. Yu.K.Babanskiy “ta’lim metodi ta’limiy vazifalami bajarishga yo'naltirilgan o'qituvchi va o'quvchining tartibga solingan, o'zaro bog'liq faoliyat yuritish usulidir” degan ta’rifni beradi. T.A.Ilina ta’lim metodi deganda “o'quvchilar bilish faoliyatini tashkil etish usuli”ni tushunadi.
Didaktika tarixida ta’lim metodlarining xilma-xil tasniflari ishlab chiqilgan. Eng keng tarqalgan tasnifga ko‘ra ta’lim metodlari og'zaki,
amaliy, ko‘igazmali metodlaiga ajratiladi.
Metodlar va metodik usullar. Наг qanday metod ta’lim berish jarayonida muayyan metodik usullar orqali ro’yobga chiqariladi. Metodik usullar — u yoki bu metodning elementlari bo‘lib, ta’lim jarayonidagi o'qituvchi va o‘quvchining alohida harakatlarini ifodalaydi. Usui — metodning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo‘llanadigan alohida qadam. Metodik usullar mantiqiy, tashkiliy va texnik usullarga bo’linadi. Mantiqiy usullar barcha metodlarda qo‘llanib, narsa va hodisalami taqqoslash, xulosalar chiqarish, umumlashtirish kabi fikrlash operatsiyalarini faollashtirish maqsadida ishlatiladi. Tashkiliy usullar o‘quvchilar diqqati, idroki va faoliyatini yo‘naltiradi. Texnik usullar taqdim etilayotgan ma’lumotni yetkazishni osonlashtiradi. Texnik usullaiga o‘qitishda har xil texnik jihozlar, yordamchi vositalardan foydalanish kiradi. Mashg‘ulotlarda har bir metod turli metodik usullar yordamida amalga oshiriladi. Ta'lim jarayonida xilma-xil metodik usullardan o'rinli foydalana olish o‘qituvchining pedagogik mahorati va ijodkorligini ko‘rsatadi. Ijodkor o'qituvchi o‘z faoliyatida yangi usullami o‘ylab topadi va amaliyotda qo'liaydi.
0‘qitishning og‘zaki metodlari. Og‘zaki metodlar ta’limda eng ko‘p qoTlanadigan metodlar bo‘lib hisoblanadi. Didaktikada o‘qitishning og'zaki usullari uch tuiga o'qituvchining hikoyasi, suhbat va ma’mzaga ajratiladi.
Hikoya metodi psixologiyada mashhur psixolog olimlaming hayoti va ijodi, katta psixologik kashfiyotlaming tarixini yoritib berish maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodda nutqiy ko‘igazmalilik, ya’ni og'zaki ravishda tinglovchilarda obrazlami hosil qilish usulidan foydalaniladi. 0‘qituvchi hikoyasi syujetll tuzilishga ega boTishi, induktiv yoki deduktiv tarzda bayon etilishi mumkin.
Suhbat metodi asosan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi savol- javob tariqasida amalga oshiriladi. Shutting uchun bu metod qo‘llansa, dars ko‘pincha savol-javob yo'sinida olib boriladi. Suhbat o'quvchilaiga hah notanish bo'lgan material bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin emas. Bu metod ko‘proq yakuniy yoki umumlashtiruvchi darslarda qo‘llanadi va egallangan bilimlar yuzasidan xulosalar chiqarishga yo'naltiriladi. Наг qanday suhbatning asosiy tarkibiy dementi o'qituvchining savollaridir. 0‘qituvchining savollari o‘iganilgan yoki o'rganilayotgan materialdan kelib chiqadi va o‘quvchilarning e’tiborini asosiy masalalarga yo'naltiriladi. Savollar asta-sekin murakkablashtirilib borishi va o‘quvchilami mavjud bilimlami qo‘llashga, ulardan foydalanishga undashi kerak.
Ma’ruza metodi asosan maktabning yuqori sinflarida, o‘rta- maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari va oliy o’quv yurtlarida qo‘llanadi. Bu metod yordamida og‘zaki bayon etiladigan o‘quv materiali hikoyadagiga nisbatan hajman kattaligi, mantiqiy tuzilishi, obrazlari, isbot va umumlashtirishlarining anchagina murakkabligi bilan farqlanadi. Agar hikoya darsning yoki mashg‘ulotning bir qisminigina egallasa, ma’ruza odatda, ulami to‘liq qamrab oladi. Ma’ruza o‘tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo‘li bilan bir soatlik mashg‘ulot davomida bilimlami izchillik bilan bayon etishdir.
Ko‘igazmalilik metodi o‘quvchilaiga ko'igazmali vositalami yoki real ob’ektlami ko'rsatishga asoslangan metoddir. Mazkur metod qo‘llanganda o'qituvchi aslicha ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan buyum va narsalar hamda tasviriy-ko'igazmali materiallardan foydalanadi. Materiallaming barchasi illyustratsiya materiallari deb ataladi. Ko‘igazmalilik metodi qo‘llanib, o'quvchilaiga illyustratsiya materiallari ko‘rsatilayotganda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim: ko‘rsatilayotgan narsa iloji boricha turli retseptorlar bilan sezilishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsa barcha o‘quvchilaiga ko‘rinishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsaning eng muhim joylari o'quvchilaiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi kerak; narsalar asta-sekin darsning tegishli qismida ko‘rsatilishi kerak; zamratsiz oldindan illyustrativ materiallami namoyish etmaslik, har erga osib qo‘ymaslik, joylashtirmaslik lozim. Eng muhimi, illyustrativ materiallar yordamchi vosita ekanini, suhbat, Ыокоуа, tushuntirish, ma’ruza bilan uyg'un qo‘llanishi lozimligini unutmaslik kerak.
0£qitishning amaliy metodlari doirasi juda keng. Ular yozma mashqlar, tajriba metodlarini o‘z ichiga oladi. Amaliy metodlar orasida kuzatish va eksperiment kabi ilmiy-psixologik metodlar psixologiya darslarida keng qo‘llanadi. Kuzatish metodi narsa va hodisalami ulaiga
ta’sir ko‘rsatmay bevosita idrok etish metodidir. Kuzatish metodini o‘quvchilar uyda, darsda, ko‘cha-kuyda o£qituvchining rahbarligi ostida va berilgan topshiriqqa muvofiq mustaqil qo‘llashlari mumkin. Kuzatish qisqa muddat yoki uzoq muddat davomida amalga oshiriladi. Eksperiment metodi asosan laboratoriya mashg‘ulotlarida qo‘llanib, turli psixologik qonuniyatlaming ifodalanishini ko‘igazmali namoyish etish maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodlar o‘quvchilami ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishga o'rgatib boradi, o‘quv materialining ongli tushunilishini ta’minlaydi.
Ta’lim metodlarini tanlashda o‘qituvchi, birinchidan, o‘quv materiali mazmuniga, ikkinchidan, ta’lim oluvchilaming psixik rivojlanishi darajasiga e’tibor berishi kerak.


  1. Yüklə 242,63 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin