Z nishanova, G. Alimova


Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari



Yüklə 242,63 Kb.
səhifə3/30
tarix13.06.2023
ölçüsü242,63 Kb.
#128084
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari

Bola rivojlanishining turli tomonlarini har xil fanlar — anatomiya, fiziologiya, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiena, etnografiya va boshqalar o'rganadi. Tug‘Ugandan etuklik davrigacha bola psixik taraqqiyotini o'rganish esa psixologik bilimlaming maxsus sohasi - bolalar psixologiyasining zimmasidadir. Chunki bolalar psixologiyasi bola psixik taraqqiyoti qonuniyatlari, rivojlanishning turli bosqichlarida bola psixikasiga xos xususiyatlar haqidagi fandir.
L.F. Obuxova ta’kidlaganidek, bolalar psixologiyasi fanining predmeti tarixan o'zgarib boigan. Bugungi kunda bolalar pixologiyasi fanining predmeti ontogenezdagi psbdk taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, yosh davrlari, bir yosh davridan boshqasiga o'tish sabablarini aniqlashdan iborat. Agar pediatr bolalaming jismoniy salomatligi bilan shug'ullansa, bolalar psixologi bola psixikasining qanchalik to‘g ’ri rivojlanayotgani va faoliyat ko'rsatayotganini, bordi-yu bu sohada kamchilik bo'lsa, uni nimaning hisobiga kompensatsiyalash mumkinligini o'lganadi.
Hozirgi kunda bolalar psixologiyasi fani predmetining kengayib borishi kuzatilmoqda. Bu hodisa bolaning homila davridagi rivojlanishini tobora chuqurroq o‘rganish natijasida ro‘ у bermoqda.

  1. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

Falsafa va bolalar psixologiyasi
Falsafa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi fan. Falsafa qonunlari boshqa fanlaming, shu jumladan, bolalar psixologiyasi fanining qonunlari bo‘lib hisoblanadi. Masalan, falsafa qonunlari orasida dialektika ta’limotining uch qonuni — qarama qarshiliklar birligi va kurashi, miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga o'tishi, inkomi inkor etish qonunlari asosiy o‘rinni egallaydi. Bola taraqqiyoti ham qarama - qarshiliklar birligi va kurashi, ya’ni mavjud ehtiyojlar bilan bolaning real imkoniyatlari o‘rtasidagi kurash natijasidir. Falsafa qonunlari bolalar psixologiyasi fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 242,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin