Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix17.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#115949
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

5

  Qosimova  K.,  S.Matchonov,  X.  G'ulomova,  Sh.Yo'ldosheva,  Sh.Sariyev .  O n a  tili  o'qitish 



metodikasi. Boshlang'ich ta'lim fakulteti  talabalari uchun darslik.  T.: «NOSHIR» nashri.  2009. 

 



16 

 

1.2. Sinfdan tashqari o‘qish darslarining turlari. 

Sinfdan  tashqari    o’qish    darslarining    xususiyatlari,  birinshidan,  sinfdan 

tashqari o’qish sistemasining bosqichlari bilan, ikkinchidan, o’quv vazifalari, ya’ni 

dastur  bilan,  uchinchidan,  o’qituvchining    oldiga    qo’yilgan    tarbiyaviy  vazifalar  

bilan, to’rtinshidan, o’quvchilarning  qiziqishlari  bilan belgilanadi.  

1-sinfda    o’quv    yilining  birinshi  yarmida  –  tayyorlov    bosqichida    yangi  

matnni    o’qituvchi    o’qib    beradi;    ikkinchi  –  boshlang’ich    bosqichdagi    sinfdan 

tashqari  o’qish darslarida  yangi  kichik  hajmli  kitobni  o’quvchilar o’qiydilar, 

ammo bu vaqtda o’quvshilarda mustaqil  o’qish  malakasi  hali o’smagan bo’ladi. 

Tayyorlov  bosqichida o’tkaziladigan  20 minutlik sinfdan tashqari  o’qish 

mashg’ulotida 1-sinf o’quvchilari saviyasiga mos va qiziqarli  bo’lgan, 5-6 minutda 

o’qishga  mo’ljallangan    hikoya,  ertak,  she’rlar    tanlanadi;    o’qilganlar  yuzasidan  

suhbat, mazmunini qayta hikoya  qilish, kitob muqovasini, rasmlarni  ko’rishga  ham 

vaqt ajratiladi. 

1-sinfda  o’quv  yilining  ikkinshi  yarmida  o’tkaziladigan  mustaqil  o’qishga 

rahbarlikning  asosiy  turi  sinfdan  tashqari  o’qish  darslaridir.  Bunday  darslarda 

o’qituvshi  kishik  hikoyacha  yoki  she’rni  o’qib  beradi,  so’ng  o’qilganlar  va 

o’quvchilar  oldin o’qiganlari yuzasidan  suhbat o’tkaziladi, qisqa umumlashtiriladi, 

kitob muallifi bilan tanishtiriladi. Keyin o’quvchilar yangi kitob bilan tanishadilar 

va uni o’zlari mustaqil ichida o’qiydilar; suhbat o’tkaziladi. Boshlang’ish bosqish 

davomida  sinfdan  tashqari  o’qish  darslarida  bir  necha  marta  mavzuga  qaratilgan 

yoki bir  muallif yozgan kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Albom  yoki montaj 

tayyorlanadi,  konkurs  o’tkaziladi,  sinf  kutubxonasi  tashkil  qilinadi,  ertalik 

tayyorlanadi. Yordamshi vosita sifatida 2-3 darsda diafilm yoki kinofilmdan parsha 

ko’rsatiladi; 3  – 4  dars  muzika  eshittirish bilan,  4  – 5 dars  o’qilganlarga  rasmlar 

chizdirish  bilan  o’tadi.  Bir  dars  kitobni  qanday  saqlash,  uni  yamashni  o’rgatish 

maqsadida kutubxonada o’tkaziladi. Har bir sinfdan tashqari uqish darsida kitobning 

muqovasi,  nomi  rasmlariga  qarab,  unda  taxminan  nima  haqida  yozilganini  aytish 

mashq qilinadi. 




17 

 

Boshlang’ich  bosqichda  bolalar  hali  yaxshi  o’qiy  olmaydilar,  natijada 



o’qiganlarini  yaxlit  idrok  etish  qiyin  bo’ladi,  shuning  uchun  darsning  qiziqarli, 

hayajonli  o’tishini  ta’minlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Bunga  erishish  ushun 

o’qituvshi hikoya, ertak yoki she’rni ifodali, jonli o’qib berishga puxta tayyorlanishi, 

o’kuvshilarni sinfda o’qib berishga tayyorlashi, muzikadan, rasmlar chizdirishdan, 

diklamatsiya qilish, rollarga bo’lib o’qish singari ishni jonlantiradigan vositalardan 

foydalanishi zarur. O’qilganlar yuzasidan o’tkaziladigan suhbatda mazmunni qayta 

tiklashga oid savol va topshiriqlardangina emas, tahlilni rivojlantirish, o’quvchilarni 

o’ylashga,  taqqoslashga,  xulosalashga  o’rgatadigan  savollardan  ham  foydalanish 

zarur. Bu bosqichda bolalar o’qilganlarga munosabat bildirishga o’rgatib boriladi. 

Bolalar boshqalarning yutug’iga xursand bo’ladilar, xafaligiga achinadilar, 

halol,  odil  kishilar  ularni  quvontiradi,  yolg’onchi,  pastkash  kishilardan 

nafratlanadilar. Bolalarda faraz qilish, tasavvur etish qobiliyati kuchli bo’ladi, qayta 

hikoya qilishda asar qahramonlari roliga kiradilar. Darsni tashkil etishda bularning 

hammasini  hisobga olish zarur. 

Boshlang’ich bosqichda «Ertaklar bayrami» mavzusida o’tkalidigan sinfdan 

tashqari o’qish darsi ko‘rinishini  beramiz. Bu darsni o’tkazishga tayyorgarlik ikki 

xafta oldin boshlanadi. O’qituvchi topshirig’iga ko’ra bir guruh o’quvchilar kitob – 

ertak ko’rgazmasi tayyorlaydilar. Bu ko’rgazmaga o’quvchilarning o’zlari to’qigan 

ertaklari ham qo’yiladi. Bolalar ertaklarga rasmlar shizadilar. «Ertaklar bayrami» ga 

1-sinf o’quvchilarning har biri o’zining ertak kitobini olib keladi. 

«Ertaklar  bayrami»  darsi  yuqori  emotsionalligi,  barcha  ishlarning  ijobiy 

yo’naltirilganligi, uni tayyorlash va o’tkazishga  hamma o’quvchilar jalb qilinganligi 

bilan  ajralib  turadi.  O’kituvshi  boshlang’ich  bosqichda  o’quvchilarning  aqliy 

faolligini  o’stirish haqida g’amxo’rlik qiladi, darsda ishlashning uslubi priyomlarini 

tanlashda,  kishik  yoshdagi  bolalar  o’quv  mehnatini  tashkil  etishda  shu  maqsadni 

ko’zda tutadi. 

Uchinchi – asosiy bosqichda o’tkaziladigan sinfdan tashqari o’qish darslari 

2-sinfda  xafta  davomida,  3-4-sinflarda  esa  ikki  xafta  davomida  o’qilganlarni 

yakunlashga, xulosalar shiqarishga xizmat qiladi. Bu bosqichda bolalar o’qib kelgan 



18 

 

kitoblar  hajmi  anchagina  katta  bo’ladi.  Bolalar  o’qib  kelgan  kitoblardan  ayrim 



parchalar  tanlab  o’qiladi,  analitik  ishlar  o’tkaziladi,  o’qilganlarning  hammasi 

umumlashtiriladi,  muhokama  qilinadi  va  hokazo.  Boshqacha  qilib  aytganda  bu 

bosqichdagi  sinfdan  tashqari  o’qishsizlik  darajasi  darslari  umumlashtiruvchi 

xarakterda bo’ladi. 

 

 

 



 

 

 



 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin