II BOB. SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR
USTIDA ISHLASHNING AHAMIYATI VA USULLARI.
2.1. Ertaklarning janr xususiyatlari va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati
Hammamiz bolaligimizdan turli-tuman ertaklar tinglab katta bo‘lganmiz.
Ba’zilarimiz balog‘at yoshiga yetganda ham ertak kitoblar o‘qish, film-ertaklar,
multfilmlar ko‘rish ishtiyoqini saqlab qolganmiz. Bu – ertaklarning sehrli olami
g‘oyat maftunkor ekanidan, albatta. Ertak – hikoya tarzidagi xalq og‘zaki ijodi
asari bo‘lib, eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janr. Yurtimizning turli
hududlarida ertak xalq orasida matal, ushuk, varsaqi, cho‘pchak, o‘tirik, tutal kabi
nomlar bilan ham ataladi.
Ertaklar turmushdagi biror qiziq voqeni yoki xayoliy va hayotiy uydirma
asosiga qurilgan ibratli g‘oya asosida ajoyibu g‘aroyib tarzda, jozibali, ixcham va
mukammal
holda
aks
ettirishi
bilan
kishida
zavq
uyg‘otadi.
O‘zbek xalq ertaklarini shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar,
hayotiy-maishiy ertaklar sifatida farqlash mumkin. «Bo‘ri bilan tulki», «Hiylagar
bedana», «Chivinboy» kabi ertaklarning bosh qahramonlari hayvonlar, qushlar,
hasharotlardir. «Yalmog‘iz», «Semurg‘», «Zumrad va Qimmat» ertaklari sirli va
sehrli voqealar asosiga qurilgan. «Uch og‘a-ini botirlar», «Malikai Husnobod»,
«Ayoz» kabi ertaklarda barkamol shaxslarning ibratli hayoti va sarguzashtlari
haqida hikoya qilinadi. Shoir va yozuvchilar ham o‘z xalqining eng chiroyli,
ta’sirchan ertaklari asosida adabiy ertaklar, dostonlar, qissa va xayoliy hikoyalar
yaratadilar. Ertaklar asosida badiiy va multiplikatsion filmlar olinadi, sahna
asarlari qo‘yiladi.
“Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”, deydi xalqimiz. Oilada ota-onalar
tomonidan farzandlarga hayot haqida bilim berish, o‘git-nasihat qilish, nutq
o‘stirish, mehru e’tiborini amalda ifodalash uchun ertaklar aytiladi. Bola ulg‘aya
borgan sari ertaklarning hajmi kengayib, mazmuni va mundarijsi murakkablashib
boradi. Ertaklar ta’sirida farzandlarda hayotga muhabbat, oilaga, ota-onaga mehr,
do‘stu yorga sadoqat, kelajakka umid, yaxshilik va adolat tantanasiga ishonch
25
hislari kamolga yetadi. Ota-onasi, buvi va bobolaridan, donishmand keksalardan
eshitgan, kitoblaridan o‘qigan ertaklarini eslab qolib, ularni qiziqarli va ta’sirchan
qilib hikoya qilib beradigan odamni ertakchi deyish mumkin.
Ertakchilar har bir ertakni tinglovchining diaqqtini tortib, uni mahliyo
qiladigan holda taqdim etish uchun maxsus kirish, boshlama va tugallamadan
foydalanadilar. Kirish qism ertakchi mahoratini namoyish qiladi, boshlama va
tugallama esa ertakning yaxlitligini ta’minlash bilan birga unga sirlilik va
an’anaviylik baxsh etadi.
Ertakchi: “Ertagimning eri bor, yetti qavat yeri bor, yetti qavat yerida dumi
kalta bo‘ri bor.”, “Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. Qarg‘a qaqimchi
ekan, chumchuq chaqimchi ekan. G‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan.
Toshbaqa torozigar ekan, qurbaqa undan bir tanga qarzdor ekan. Uzoq o‘tgan
zamonlarda bir podsho bo‘lgan ekan...”. Tugallanmada esa ko‘pincha: “Shunday
qilib, hammalari murod-maqsadlariga yetishibdi” deyiladi.
Xalq og’zaki ijodiyoti, xususan, ertaklar bilan shug’ullanuvchi olimlar
o’zbek xalq ertaklarini mavzu jihatidan bir-birlaridan farqli tarzda tasnif qilganlar.
Ammo ko’pchilikka ma’qul bo’lgan tasnif quyidagichadir:
Hayvonlar haqidagi ertaklar.
Sehrli-fantastik ertaklar.
Hayotiy-maishiy ertaklar.
Bundan tashqari, satirik ertaklar ham mavjud. Ammo hajviyot elementlari
boshqa turdagi ertaklarda ham ko’p yoki ozroq darajada uchrab turadilar. Qisqaroq
hajmli, kulgili ertaklar toifasi borki, ularni yumoristik ertaklar deyish mumkin.
Hayvonlar haqidagi ertaklar o’z ichida olib tahlil qilinsa, sof hayvonlar
haqidagi ertaklar va hayvonlar va odam ishtirokidagi ertaklarga bo’linishi mumkin.
Sof hayvonlar haqidagi ertaklar ayrim jihatlari bilan, ya’ni ixchamligi va ibrtaliligi
bilan masallarga ham o’xshab ketadilar. Aynan mana shunday xarakterdagi kichik
hikoyalar Sharq xalqlari orasida ko’p uchrashligini bir qator olimlar ta’kidlab
o’tganlar.
26
Uzoq asrlar davomida xalqimiz o’zining badiiyatga bo’lgan ehtiyojinining
katta bir qismini ertaklar aytish va tinglash orqali qondirib kelgan. Uzun qish
kechalarida ertaklar aytilmagan oilani topib bo’lmagan. Bu bilan aytmoqchimizki,
ertaklar folklor janrlari orasida eng ommaboplaridan biri bo’lgan.
Ertak aytuvchilar vaziyatga, auditoriyaga qarab, ya’ni tinglovchilarning
kimlar ekanligiga qarab, ertakning voqeasini bir oz o’zgartirib, tarbiyaviy
maqsadlarda o’zgarishlar kiritib hikoya qilganlar.
Fantastikasiz ertak yo’q. Ertakchi doimo haqiqatni bo’rttirib, voqealarni
o’ta fantastik liboslarda bayon etadi. Bizning nazarimizda, tasvir ob’ekti
me’yoridan oshirilib, buzib berilayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida bunday
emas.
Ertaklarda hayot voqeligi fantastik libosda beriladi. Bunday libos xalqimiz
uchun istalgan maqsad va g’oyalarni ilgari surish uchun qulayliklar tug’diradi.
Ertaklarni o’qir ekanmiz, biz ajoyib va g’aroyib o’lkalarga safar qilamiz, devlar va
ajdaholar, sehrgar va jodugarlarni uchratamiz. Ammo ertak nihoyasiga yaqinlashib
borar ekan, biz hayotiy voqealarga qaytamiz. Ertak qahramonlari barcha yovuz
kuchlar ustidan g’alaba qilganligi bizni quvontiradi, yengil nafas olamiz.
Ertaklarning qiziqarli va ta’sirli bo’lishini ta’minlashda boshqa
janrlarning o’rni va ahamiyati katta bo’ladi. Chunki ertaklar bag’ridan qo’shiqlar,
topishmoqlar, tez aytishlar, maqol va matallar o’rin olar ekan, ertaklar tag’in ham
mazmunli va tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi asarlar bo’ladilar. Masalan, ayrim
ertaklarda maqollar ko’p qo’llaniladi, hatto maqollar ertakning nomiga aylanishi
ham mumkin. «Botir echki» ertagida «o’zingni bil, o’zgani qo’y», “Qambarjon»
ertagida «Itining fe’li egasiga ma’lum», «Hasan va Zuhra» ertagida; «Qush tilini
qush biladi» maqollari ertakning badiiyligini oshirib qolmasdan, balki uning
g’oyasini ham oydinlashtirgan.
8
8
Qarang: Afzalov M., Rasulov X., Husanov Z. O’zbek xalq ertaklari. Toshkent,1963.-7-b.
27
Ertaklarning qiziqarli va o’qimishli bo’lishida topishmoq janrining ham
hissasi bor. Ertaklarning qahramonlari sehrli vositalarni qo’lga kiritish uchun yoki
malikaga uylanish uchun topishmoqning javobini topishlariga to’g’ri keladi.
Masalan, «Baliqchi va Malika» ertagining qahramoni sehrli kavushni
qo’lga kiritish uchun sehrgarning uchta topishmog’ini topishi kerak edi.Bular
quyidagilar:
«Qanday narsa suvdan chiqadi-yu, qaytib suvga tushmaydi?» (Baliq);
«Qanday narsa suvga tushadi-yu, qaytib chiqmaydi?» (Yomg’ir); «Qanday narsa
suvga tushadi-yu, yana qaytib chiqadi, ammo hech yeriga suv tegmaydi?» (Oy)
Ko’rinib turibdiki, topishmoqlarning ertak tarkibida uchrashi, bu
ertaklarning o’quvchilarini tag’in ham qiziqtiradi, o’ylantiradi, fikr qilishga majbur
qiladi. Ular javoblarni bilib olganlaridan keyin qoyil qoladilar, ularning zehni
ortadi, saviyasi yuqorilashib boradi.
Ertaklarda maqol, matal, topishmoq, qo’shiqlarning uchrashi ertaklarning
badiiyligini oshiradi, o’quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, qisqasi, ertakning
o’quvchi ongiga oson singishiga yordam beradi.
Madaniy-ma’naviy, badiiy ozuqa olishning imkoniyatlari ko’p bo’lgan
bizning davrimizda ham ertaklar o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Hozir ham
bolalar bor oilalarda kunda bir-ikki ertak aytiladi. Radio va televidenie orqali
ertaklar hikoya qilinadi yoki ular asosidagi filmlar namoyish qilinadi. Bolalarning
eng sevimli asarlari ham ertaklarga to’g’ri keladi.
|