Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/22
tarix17.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#115949
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
 

Taqriz 

 

Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil 



o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum  bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va 

jurnallarni ham  mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan  tashqari 

o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. 

Sinfdan  tashqari  o‘qish  darslarida  o‘quvchilarni  kitobga,  badiiy  asarlarga 

qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun 

turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. 

O‘zbek  xalqining  boy  madaniy  me’rosi  bo‘lmish  xalq  og‘zaki  ijodi 

namunalari  kichik  maktab  yoshidagi  kitobxonlar  uchun  ulkan  ma’naviy-ma’rifiy 

manba hisoblanadi. Xalq ertaklari bu o‘rinda alohida ahamiyatga ega 

Bitiruvchi  M.Xalilova  bitiruv  malakaviy  ishi  kirish  qismida  mavzuning 

mohiyatini, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va vazifalarini bayon etgan. 

Ishning birinchi bobi sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil qilishda ularga 

qo‘yilgan talablar, darslarning tizimi, ahamiyati va ish turlari haqida fikr yuritilgan. 

Ishning ikkinchi bobini bitiruvchi xalq ertaklaari haqida nazariy ma’lumotlar, 

ertaklarni  o‘rganish  tizimiga  bag‘ishlagan.    Shuningdek,  bu  bobda  ertaklarning 

ta’lim-tarbiyaviy  ahamiyatiga  e’tibor  berilgan.  Ertaklar  orqali  o‘quvchilarni 

vatanparvarlik, mehnatsevarlikka o‘rgatish, ularda ijobiy fazilatlarni shakllantirish 

haqida bayon etilgan. 

Bitiruvchi ishni bajarish jarayonida ko‘plab ilmiy va metodik adabiyotlarni 

o‘rgangan. Ulardan olingan bilimlardan o‘z ishida unumli foydalangan. 

Bitiruv  malakaviy  ishi  qo‘yilgan  talablarga  javob  beradi.  Ishni  DAH 

huzuridagi ochiq himoyaga tavsiya etaman. 



 

 

Taqrizchi:                                                        Ismoilova S. 



 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin