Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti


  Sinfdan  tashqari  o‘qish  darslarida  ertaklar  orqali



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/22
tarix17.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#115949
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
2.4.  Sinfdan  tashqari  o‘qish  darslarida  ertaklar  orqali 

mehnatsevarlikka o‘rgatish. 

 

Xalq  dahosi  bilan  yaratilgan  ertaklar  yosh  avlodning  tarbiyasiga  kuchli 



ta’sir  qiladi  va  ma’naviy  hissiyotni  uyg‘otadi.  Ertaklar  insonni  o‘z  kuchi,  o‘z 

huquqi, o‘z ozodligini anglatishi, undagi mardlik va vatanga muhabbat tuyg‘ularini 

uyg‘otishi bilan ham ma’naviy oziq berib kelgan. 

Xalq  ertaklari  el-yurtni  ko‘z  qorachig‘iday  avaylab-asraguvchi  ajoyib 

vatanparvar  qahramonlarni  ulug‘ladi;  ayollarning  haq-huquqini  himoya  qildi; 

osmonda uchishni, oyga yetishni orzu qildi, „Oynayi jahon“lari orqali yer yuzida 

bo‘layotgan voqealarni bilib turdi, uzoqni yaqin qildi; „Ochildasturxon“lari bilan 

noz-u  ne’matlar  yaratdi;  kishilar  xarakteridagi  yaramas  odatlarni,  noma’lum, 

noma’qul  hislatlarni  tanqid  ostiga  oldi;  mardlik,  epchillik,  dovyuraklik, 

mehnatsevarlik,  halollik,  vafodorlik,  to‘g‘rilik,  saxiylik  g‘oyalarini  ilgari  surdi, 

ulug‘ladi. 

Safarga  otlangan  botirning  bir  siqim  tuproqni  o‘zi  bilan  birga  olib 

ketganligini  hikoya  qiluvchi  ertakni  eslang.  Ana  shu  bir  siqim  vatan  tuprog‘i 

o‘zgalar yurtida unga kuch-quvvat ato etadi, yaralanganda dardiga malham bo‘ladi, 

maqsadga yetishida madad beradi. Ana shunday xalq prozasi — ertakda, ayniqsa, 

romantik  tasvir  kuchli  bo‘ladi.  Unda  qahramon  jabr-jafo  chekadi.  Lekin  oxiri 

baxtiyor bo‘ladi, tengsiz jangda, kurashda g‘olib chiqadi. 

„Zumrad  va  Qimmat“,  „Oltin  tarvuz“,  „Dehqon  bilan  ayiq“,  „Haqqush“ 

(tojik xalq ertagi), „Danak“ (qirg‘iz xalq ertagi), „Kuch va topqirlik“ (latish xalq 

ertagi),  „O‘tinchi  yigit“,  „Bo‘ri  bilan  echki“  singari  ertaklar  kichik  maktab 

yoshidagi bolalar sevib o‘qiydigan asarlardir. 

Ertak 


qahramonlari 

mardligi, 

jasurligi, 

aqlliligi, 

farosatliligi, 

mehnatsevarligi bilan har doim har qanday vaziyatlarda omon qoladilar. „Zumrad 

va Qimmat“ ertagidagi Zumrad xuddi shunday fazilatlarga ega obrazlardan biridir. 



39 

 

Zumrad xalq orzu qilgan, e’zozlagan qizlarning yorqin timsoli. Bugungi 



qizaloqlar ertakdagi Zumraddan ibrat olishlari, unga o‘xshagan chiroyli, odobli, 

muloyim, aqlli, mehnatsevar bo‘lishlari lozim. Qarang, yo‘lda lolalar, rangbarang 

gullar uni ko‘rib boshlarini egib, salom berarkanlar. Zumrad maysalar ustida o‘tirib 

dam  olganida  gullar  uni  olqishlar,  bulbullar  quvonib,  qo‘shiqlar  aytib  berar 

ekanlar.  

Zumrad  el  sevadigan  darajada  chiroyli,  odobli,  muloyim,  aqlli.  Uni  bir 

ko‘rgan,  bir  suhbatlashgan  kishi  yana  ko‘rsam,  suhbatlashsam  deb  orzu  qiladi. 

Zumrad otasini, odamlarni yaxshi ko‘radi, hayvonlarni, tabiatni, maysa-yu o‘tloqni 

sevadi,  ularni  avaylaydi.  Hammasiga  muloyim  boqib,  qo‘li  bilan  silab-siypalab 

erkalaydi.  Bundan  gullar,  o‘t-o‘lanlar,  bulbullar  quvonib,  unga  qo‘shiqlar  aytib 

berishadi.  

Ammo shu gullar kampirning arzandasini sevmas, uni erkalamas ekanlar, 

bu  qiz  gullarga  ozor  berar,  ularni  yulib  tashlab,  tepkilar  ekan,  lolalar,  gullar 

Qimmatning kelishini bilib qolsalar, qovoqlarini solib, yumilib qolarkanlar. Yovuz 

kampir bundan g‘azablanar ekan va buni Zumraddan ko‘rar ekan.  

Bir  kuni  kampirning  niyati  buzilib,  Zumraddan  qutulmoqchi  bo‘libdi, 

cholni  chaqirib  olib,  unga  dag‘dag‘a  qilibdi.  „Qizingni  o‘rmonga  olib  borib 

adashtirib kelmasang, men sen bilan turmayman!“ debdi. 

Chol  Zumradni  aldab,  qorong‘i,  qo‘rqinchli  o‘rmonda  adashtirib  keladi. 

O‘rmonda  yolg‘iz  zor  qaqshab  qolgan  qizchaga  gullar  shu’la  sochib,  yo‘lini 

nurafshon  qilib  turadi.  Zumrad  sehrgar  huzuriga  kirar  ekan,  unga  egilib  salom 

beradi, boshidan kechirgan voqealarni bir-bir bayon qiladi. 

Qushlarning  Zumradni  maqtab  sayrashlari  kampir  qalbini  shodlikka 

to‘ldiradi.  Zumrad  mehnat  bolasi.  Mehnat  qilgan  elda  aziz, deganlaridek,  uning 

yelib-yugurib  ishlashi  kampirga  xush  yoqadi.  „Oppoq  qizim,  shirin  qizim, 

do‘mbog‘im,  munchog‘  im!“  deya  uni  erkalaydi,  peshanasidan  o‘pib,  sochini 

silaydi. 

Zumrad  halol-pokligi,  shirin  so‘zligi,  mehnatkashligi,  kattani  hurmat, 

kichikni e’zozlashi bilan sehrgarning muhabbatini qozonadi. Shu sababli sehrgar 



40 

 

Zumradni tengsiz boylik bilan siylaydi, uni baxtiyor qiladi. Mehnatkash xalq o‘z 



farzandlarini xuddi Zumrad kabi ishchan, mehribon, iboli, boy-badavlat bo‘lishini 

orzu  qilgan.  Lekin  Qimmat  kabi  erka,  tanti,  ishyoqmaslarni  yomon  ko‘rgan. 

Qimmat  obrazi  dangasa,  erkatoy,  injiq,  qo‘pol,  toshbag‘ir  ayrim  farzandlarni 

eslatadi.  O‘zbek  ertaklarida  o‘zidan  kattalarni  hurmat  qilish  va  keksalarni 

e’zozlash, odamoxunlik va mehnatsevarlik, yaxshi xulq va odobni ulug‘lash asosiy 

masalalardan  hisoblanadi.  Xo‘sh,  Qimmatda  yuqoridagi  fazilatlardan  qaysi  biri 

mavjud? Hech qaysisi yo‘q. 

Mana,  ota  Qimmatni  ham  kimsasiz  o‘rmonda  adashtirib,  tashlab  ketdi. 

Sehrgarnikida  yashar  ekan,  unga  onasi  birorta  ham  shirin  so‘z  o‘rgatmaganligi, 

mehnat qilishni bilmaganligi sababli kampirga qo‘pol-qo‘rs muomalada bo‘ladi. 

Tekintomoqligi  qattiq  pand  beradi.  Sehrgar  qizni  sevmaydi,  ertak  ham  aytib 

bermaydi, kitob va qo‘g‘irchoqlar ham hadya qilmaydi.  

Ertakdagi  sehrgar  kampir  juda  muloyim,  mehribon.  Mana,  uning 

Qimmatga murojaati: 

— Tomdan o‘tin olib tush, qizim! 

Qizning javobini eshiting: 

— O‘zingiz olib tusha qoling, malayingiz yo‘q! 

Bu tarbiyasizlik, odobsizlikdan boshqa narsa emas. 

Xalq  bunday  o‘zboshimcha  qizni  ham,  farzandiga  to‘g‘ri  tarbiya  bera 

olmagan onani ham yoqtirmaydi. Shuning uchun har ikkalasi o‘limga mahkum — 

ajdar yutib yuboradi. Bu holga xalq aslo achinmaydi, aksincha to‘g‘ri bo‘libdi, deb 

mamnun bo‘ladi. 

Kitobxon bolalar ham hayotda Qimmat qiyofasiga tushib qolmaslik uchun 

odobli,  xushmuomala  bo‘lishga,  mehnatni  sevishga,  ko‘proq  dars  tayyorlashga, 

kitob  o‘qishga  intilishga  harakat  qiladi.  Qimmatning  ishyoqmasligi,  odobsizligi 

uchun hamma yomon ko‘rishini eslang. Hatto uning yurish-turishi,      xatti-harakati 

sehrgar  kampirga  ham  ma’qul  bo‘lmaydi.  Dangasaligi,  kekkayganligi,  qo‘rs-

qo‘polligi o‘zining boshiga yetadi. 

 



41 

 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin