Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasida



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/12
tarix28.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KURS ISHI BO\'YICHA USLUBIY TAVSIYA (2)

KURS ISHINI BAJARISHDAN MAQSAD



  • “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini amalga oshirish;

  • talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga yo‘naltirish va bu boradagi bilim ko‘nikma va malakalarini oshirish;

  • talabalarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash;

  • pedagogik amaliyotga tayyorlash, pedagogik texnologiyalar, ixtisoslikning zamonaviy usullari bilan qurollantirish;

  • ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun talaba motivatsion qobiliyatlarini rivojlantirish.



KURS ISHINI BAJARISHDA TALABANING VAZIFALARI:



  • Kafedra tomonidan tayinlangan rahbar bilan hamkorlikda kurs ishi uchun kafedrada mavjud kurs ishlari mavzulari bankidan birini tanlaydi;

  • Tanlangan mavzu yuzasidan gipoteza qabul qiladi;

  • Mavzu bo‘yicha mavjud adabiyotlarni tahlil qiladi va masalaning o‘rganilganlik darajasini aniqlaydi;

  • Kurs ishining dastlabki rejasini tuzadi va rahbarning maslaxatlarini oladi;

  • O‘rganilayotgan masalaning ilmiy-tadqiqot metodikasini ishlab chiqadi, muammoning hal qilish yo‘llarini belgilaydi;

  • Olingan natijalar bo‘yicha xulosalar qiladi, ishlab chiqarishga qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar beradi;

  • Foydalanilgan adabiyotlarning ro‘yxatini tuzadi, zarur bo‘lsa kurs ishiga ilovalar tavsiya etadi;

  • Himoya davridagi ma'ruzasining matnini tayyorlaydi;

  • Kurs ishini kafedra muhokamasiga taqdim etadi;

  • Kurs ishini himoyaga olib chiqadi va kafedra a'zolaridan tuzilgan xay'at huzurida himoya qiladi.

KURS ISHINI BAJARISH JARAYONIDA UCHRAYDIGAN AYRIM TUSHUNCHALAR


Mavzu — masala, muammoning mohiyatini ifodalovchi aniq yo‘nalish, o‘rganishni, tadqiqot o‘tkazishni talab qiluvchi topshiriq, vazifa.
Gipoteza — haqiqatga yaqin ilmiy taxmin.
Muammo — hal qilishi lozim bo‘lgan, yechimini kutayotgan masala, mavzular majmui yoki bo‘lg‘usi tadqiqotlar sohasini o‘z ichiga qamrab olgan yirik, umumlashtirilgan, shakllantirilgan ilmiy masaladir.
Muammolar quyidagi turlarga ajratiladi:
Tadqiqot muammolari — bir ilmiy fan doirasidagi va birgina qo‘llanish sohasidagi tadqiqotlarning qarindosh mavzulari majmui.
Kompleks ilmiy muammo — xalq xo‘jaligining eng muhim masalalarini hal etish uchun yunaptirilgan turli fan sohalaridagi ilmiy tadqiqot mavzularining o‘zaro aloqasi.
Mavzuning dolzarbligi — oldinga qo‘yilgan muammo (vazifa, masala)ni hal qilishning ayni vaqt va mazkur vaziyat uchun muhimligi darajasi.
Masalaning qo‘yilishi — tadqiqot mantiqiy usulida:

  1. tahlil etilishi va umumlashtirilishi talab qilinadigan fakt (dalil)larni aniqlash;

  2. fanda hal qilinmagan muammolarni aniqlash. Fanda, tushuntirilmagan, tartibga solib, tizimlashtirilmagan faktlarni aniqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadqiqot diqqat markazdan chetga tushib qolishi mumkin:

Ularni umumlashtirish — masalaning qo‘yilishi mazmunini tashkil etadi.
Tadqiqot vazifalari — muayyan tadqiqot mavzusi doirasidagi tadqiqot ishlarining element (qism)lari majmui, ularni ijro etishning aniq rejalari belgilangan topshiriqlar.
Xulosa — fikriy operatsiya, uning vositasida bir qancha berilgan mulohazalardan dastlabkisi bilan muayyan tarzda baholangan holda xukm chiqarish, ya’ni haqiqatga yaqin ilmiy taxmin— gipotezani isboti.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin