Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasida



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə3/12
tarix28.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KURS ISHI BO\'YICHA USLUBIY TAVSIYA (2)

KURS ISHINI BAJARISH BOSQICHLARI


Kurs ishini bajarish jarayoni odatda quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • manbalar bilan ishlash;

  • tadqiqot usullarini tanlash;

  • kerakli tadqiqotlarni o‘tkazish, ma'lumotlar yig‘ish;

  • olingan natijalar va to‘plangan ma'lumotlarni tahlil qilish;

  • xulosa va takliflar ishlab chiqish;

  • kurs ishining qoralama variantini yozish.

Kurs ishi topshiriq asosida talaba tomonidan shaxsan bajarilishi lozim.
Kurs ishining rahbari unga kichik tadqiqotni bajarish jarayonida ilmiy — uslubiy yordam berib boradi, tegishli tuzatishlar kiritadi va u yoki bu masalani hal qilish yuzasidan tavsiyalar beradi.
Kurs ishining bajarilishi ish rahbari tomonidan doimo nazorat qilib boriladi.
Kurs ishini lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosida yozish va rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir.


1. Ishni nimadan boshlash kerak?
Ishni kurs ishi mavzusini tanlashdan boshlash kerak. Kurs ishi mavzulari mutaxassis chiqaruvchi kafedralar tomonidan ishlab chiqiladi va kafedra tomonidan tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzularini talabalar mustaqil tanlab oladilar.
Kurs ishi mavzusi tanlangandan keyin kafedra tomonidan talabaga rahbar biriktiriladi.


2. Ish rejasini tuzish
Endigi vazifa — kurs ishining dastlabki na'munaviy rejasini tuzib olish kerak. Buning uchun talaba mavjud adabiyotlarni sinchiklab o‘rganadi. Mavzuga oid yangi ma'lumotlarni yig‘adi, ilmiy jurnallardan, internetdan izlab topadi, ularni o‘rganadi, tahlil qiladi, uslubiy — tadqiqot usullari tanlanadi.
Kurs ishining uslubiy — tadqiqot metodikasini tanlash ishiga qo‘yayotgan talablardan kelib chiqib, talaba shu mutaxassislik bo‘yicha mavjud usullarni mukammal tahlil qiladi, uni har taraflama afzalligi va kamchiliklarini aniqlaydi. Shundan keyin rahbar bilan maslaxatlashib kerakli metodlarni tanlaydi.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin