Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasida



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə5/12
tarix28.04.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#126060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KURS ISHI BO\'YICHA USLUBIY TAVSIYA (2)

7. Foydalanilgan adabiyotlar qismi
Kurs ishining foydalanilgan adabiyotlar qismida adabiyotlarning ro‘yxati beriladi. Ro‘yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan manbalar- soha yuzasidan qabul qilingan qonunlar, farmoyishlar, buyruqlar, qarorlar, adabiyotlar, maqolalar, tezislar, avtoreferatlar, tayyorlangan ilmiy ishlar va shu kabilar kiritiladi.
Bizningning nuqtai-nazarimiz bo’yicha, manbalar ro‘yxati tuzilayotganda dastlab kurs ishiga metodologik asos bo‘lgan adabiyotlarning, xususan Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev va Birinchi Prezidentimiz I.A Karimov asarlarining nashr yillari tartibida berilishi maqsadga muvofiq. So‘ngra boshqa mualliflarning ishlari alfavit tartibida keltiriladi. Amaliyotdagi talabga ko‘ra o‘rganilgan adabiyotlarning soni 15-20 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
Ro‘yxat tuzishda uning bir qator o‘ziga xos tomonlarini hisobga olish zarur.
Amaldagi “Xujjatlarni bibliografik ro‘yxatga olish” Davlat standartlariga muvofiq ilmiy ishlarda foydalanilgan adabiyotlar quyidagi tartibda tuziladi:


A) Kitob va monografiyalar uchun:

  • muallif(lar)ning familiyasi hamda ismi, otasini ismining bosh harflari;

  • kitobning nomi;

  • nashr joyi (shahar);

  • nashriyot nomi;

  • nashr yili;

  • betlari.

  1. Masalan: 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: "O‘zbekiston", 2017, 15 b

Agar mualliflar 2 ta bo‘lsa, ularning familiyasi keltiriladi, 3 ta va undan ortiqroq bo‘lsa faqat 1 ta muallifning familiyasi keltirilib “va boshqalar” degan qo‘shimcha kiritiladi. Kitobning nomi, shahar (nashr joyi)- belgisi bilan ajratiladi.
Masalan: 1. Turgunboyev K., Teshaboyev A, Pedagogik mahorat asoslari,- Andijon: Andijon nashriyoti, 2002, 103 b.

  1. Kamoldinov M. va boshqa, Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari amaliyotchilar uchun matematikadan dars ishlanmalari, — Toshkent, 2003, 185 b.

  2. Turg‘unboev K. “Pedagogika nazariyasi va amaliyoti” Andijon: Andijon nashriyoti, 2012, 154 b.”

B) To‘plamdagi maqolalar va tezislar uchun:



  • muallifning familiyasi hamda ismi, otasi ismining bosh harflari;

  • maqola nomi;

  • to‘lamning nomi;

  • nashr joyi (shahar);

  • nashr yili;

  • betlari.

To‘plamdagi maqola nomi to‘plam nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Masalan: Qodirova O., Oliy ta'lim talabalari ma'naviyatini shakllantirishga pedagogik —psixologik yondashuv // "Ilmiy va uslubiy tadqiqotdan amaliyotga”, yosh olimlar va iqtidorli talabalar mantaqaviy ilmiy anjumani materiallari to‘plami — Andijon:., 2005, 147 b.

V) Jurnaldagi maqolalar uchun:



  • Muallifning familiyasi hamda ismining bosh harfi;

  • maqola nomi;

  • jurnal nomi;

  • yili;

  • soni;

  • betlari.

Maqola nomi jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Masalan: 1. Teshaboyev A., Huquqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslari // "Xalq ta'limi" jurnali, 2005, 6—soni, 75-77 b.

G) Ensiklopediyalar, lug’atlar, ma'lumotnomalar uchun:



  • kitobning nomi;

  • nashr joyi;

  • nashriyot nomi;

  • yili;

  • qismi (tom);

  • betlari.

Masalan: 1. O‘zbekistion milliy ensiklopediyasi — T., UzME, 2000, 1-jild, 93 b.
D) tayyorlangan ilmiy ishlar uchun:

  • muallifning familiyasi hamda ismining bosh harfi;

  • ilmiy ish nomi;

  • deponirlangan joyi;

  • shahar;

  • yili;

  • betlari;

  • tartib raqami.

Masalan: I. Самадов Г.Б. Методы вычислительной математики, Дел в ГФНТИГКНТРУЗ 01.09.99 - T., 1999,29 с, № 0114 - 01
E) Talaba ayrim ma'lumotlarni internetdan olgan bo‘lsa, muallif va ishining nomidan keyin Web saytda ko‘rsatiladi.
Masalan: 1. Khan M.ALiggt. Salinti and tempeature effects on the seed germination ofpernnal grassic II www.amjbot.org. 2003. № 90, P. 131-134.



Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin