Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 2
bob, 6 bo‘lim, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan
iborat bo‘lib, jami 63 sahifani tashkil qiladi.
6
1 BOB. ZAMONAVIY TA’LIMDA O’QITUVCHINING
TYUTORLIK, SUPERVIZORLIK VA MODERATORLIK
FAOLIYATINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1.Zamonaviy pedagog shaxsi tuzilmasi
Ilm o‘rgatish– bu faqat boshqalarni o‘qitish va tarbiyalashgina emas,
balki o‘z–o‘zini shakllantirish hamdir. Har qanday jamiyat o‘z–o‘zini
shakllantiruvchi ilmga intilish faoliyatini ta’kidlovchi paradigmaga
o‘tishga mahkumdir. Bunday o‘tishning yuzaga iqishidagi asosiy shartlar
quyidagilardir: yangi kompyuter va innovatsion texnologiyalarni uzluksiz
egallab borish asosiga qurilgan mo‘‘tadil ishlaydigan iqtisodiyot; zaruriy
qo‘llab–quvvatlashlarga ega bo‘lgan jamiyat va samarali ishlaydigan
ilmiy ijtimoiy institutning mavjudligi, bu institut o‘zining barcha asosiy
maqsad va vazifalarini turli tizimlar va tizimostilar orqali kasbiy ta’limgacha
vaqtda va kasbiy ta’lim vaqtida o‘rgatishni amalga oshirishga qaratadi;
rivojlangan demokratik institutning mavjudligi; huquqiy normalarning
haqqoniyligi.
Asosiy masala shundan iboratki, ijtimoiy institutning tarkibiga
kirgan va elementlari bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining
ijtimoiy siyosatini va butun sistemasini puxta muvofiqlashtirish va
yo‘naltirish bilan yuqoridagilarning hammasi o‘z–o‘zini shakllantirish
samaradorligini oshirsin. Bu samaradorlikning mezoni va natijasi esa
o‘z–o‘zini shakllantirgan inson bo‘lishi kerak, aslo o‘rganish sistemasi
asosiy maqsad emas.
Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat
talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga
7
tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar
tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining
munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida
pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. SHu
bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va
muammolarni echish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish
pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun
avvalo pedagogning o‘zida yangicha bilim berish, o‘zgarib boruvchi mehnat
va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug‘ullana olish
ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘lishi lozim. SHu nuqtai–nazardan
respublikamizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o‘ziga
zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi
paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening
fikrimcha, ta’lim – tarbiya tizimini o‘zgartirishdagi asosiy muammo shu erda.
O‘qituvchi o‘quvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz.
Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi ana
shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”.- deb ta’kidlaydi.
AQSHda o‘qituvchi masalaci o‘rganish uslubini, o‘zi qo‘ygan
muammoning echim yo‘llarini, tajriba xususiyatini, uning natijalarini
ko‘rsatadi va tushuntiradi. YA’ni u tadqiqotchi yoki maslahatchi sifatida
namoyon bo‘ladi.
Shaxs Kadrlar tayyorlash milliy modelining muhim tarkibiy qismi,
kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi
xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida belgilab
berilgan. Bu esa respublikamizda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning yo‘lga
qo‘yilishi uchun zarur asoslarni yaratib berdi.
8
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish avvalo ta’limning paradigmasini
o‘zgartiradi. Shu paytga qadar mavjud ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor
sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik –
o‘qishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Zamonaviy pedagog kadrlar yangi
mavqega ega bo‘lib, uning vazifasi eng avvalo yoshlarni mustaqil bilim olish
faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni
amaliyotda qo‘llash malakalarini shakllantirishga qaratilmog‘i lozim.
Pedagog bunday maqsadlarda, o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini
shunday tanlash kerakki, ular yoshlarga nafaqat tayyor bilimlarni
o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan mustaqil egallashlari,
o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va erishilgan
bilimlarni yangi bilimlar olishlarida foydalanish malakalariga ega bo‘lishlari
lozim.
Kadrlar tayyorlashga ijtimoiy buyurtma, mutaxassisning shaxsiy va
kasbiy sifatlari hamda amaliy kasbiy kompetentligini ta’minlashning tarkibi
va mazmuni tahlil qilgan holda zamonaviy pedagogni shakllantirishga
qo‘yiladigan talablar, hamda ushbu talablarni tuzilmasini aks ettiruvchi
model ishlab chiqildi. Bunda biz pedagog shaxsini amaliy kasbiy
kompetentlikka ega, yuksak darajada madaniyatli, yondash fanlar sohalarini
tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish metodlarini puxta egallagan va
mutaxassisligi bo‘yicha amaliy faoliyat yuritadigan, maxsus tayyorgarlikka
ega bo‘lgan mutaxassis sifatida tavsifladik.
Dostları ilə paylaş: |