9
ishlab chiqishda oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarida belgilab berilgan
quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi:
pedagogning faoliyat sohalari: ta’lim; boshqaruv
pedagogning
faoliyat turlari: o‘quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik);
kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.
pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta’lim; umumiy
o‘rta ta’lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy ta’limdan
keyingi ta’lim; maktabdan tashqari ta’lim; ta’limni boshqarish organlari.
Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning
har biriga tavsif berildi.
1. Pedagog kadrlarga qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma.
Davlat va jamiyat rivojining har bir bosqichi shaxs, jamiyat va
davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy va
madaniy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ta’lim tizimi oldiga muayyan
ijtimoiy buyurtmalarni qo‘yadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim tizimi oldiga har tomonlama
kamol topgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlagan va
puxta
o‘zlashtirgan, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik
bilimlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldidagi o‘z javobgarligini his etadigan
fuqarolarni tarbiyalash bilan bog‘liq ijtimoiy buyurtmalar belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va asarlarida
jamiyatimizda
amalga
oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy,
mafkuraviy,
ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar, huquqiy-demokratik jamiyat qurish
tamoyillari o‘z aksini topgan. Jumladan, “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va
tamoyillar” nomli risolada ta’lim tizimi oldiga quyidagi buyurtmalar
qo‘yilgan: yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash va ma’rifiy ishlar¬ning
10
samarali
shakllari
va
usullarini
ishlab
chiqish
va
joriy
etish;
yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul
tizimidan
foydalangan
holda
o‘qitishni samaradorligini oshirish;
xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar
asosida
ta’limning
insonparvarlik
yo‘nalishini
ta’minlash;
o‘quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot
ta’minotining
yangi
avlodini
ishlab
chiqish
va
joriy
etish;
o‘quv jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik
texnologiyalar bilan ta’minlashni amalga oshirish; milliy mustaqillik
prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy
qadriyatlar ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida
yoshlarning ma’naviy va ahloqiy sifatlarini rivojlantirish; yoshlar ongi va
qalbiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish, ta’lim muassasalarida
mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko‘tarish; ta’lim berishning
barcha darajalarida ta’lim oluvchilarni huquqiy, iqtisodiy, ekologik va
sanitariya-gigienik ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish; yuqori
malakali pedagogik kadrlar tayyorlash, ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini
tubdan yaxshilash, pedagoglarning kasbiy nufusini oshirish, ta’lim
muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan
ta’minlash, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhitni vujudga
keltirish;
pedagog
kadrlarning
mafkura
borasidagi
bilimlarini
chuqurlashtirish.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar
evolyusion tarzda ta’lim tizimining yangi mazmun kasb etishini ta’minladi,
ilg‘or g‘oyalarni o‘zida namoyon etuvchi ta’limiy qadriyatlar shakllandi.
Umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy, kasbiy ahamiyatli qadriyatlar pedagog
shaxsini tarbiyalashga xizmat qilishi, uning qadr-qimmatini oshirishi, shaxs
11
omilining ta’lim-tarbiya jarayonlarining etakchi sub’ekti va ob’ekti sifatida
tan olinishini ta’minlashi, unda ijodiy fikrlash, shuningdek, ijtimoiy faollik
ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.
Binobarin, barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga
etkazishga bo‘lgan ehtiyoj rivojlanayotgan hamda yangicha ijtimoiy
munosabalar qaror topayotgan mavjud sharoitda yanada dolzarb xususiyat
kasb etadi.
Davlat ta’lim standarti ta’limning zarur, etarli darajada hamda o‘quv
yuklamalar hajmiga qo‘yiladigan asosiy davlat talablari hamda kadrlar
tayyorlash sifatini baholashni belgilab beruvchi mezon bo‘lib, u “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidentining farmon, qaror va asarlarida belgilab
berilgan vazifalar hamda pedagog shaxsini shakllantirishda umuminsoniy,
ma’naviy-axloqiy, kasbiy ahamiyatli qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
SHuningdek, davlat ta’lim standartlarida kasbiy bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislar kasbiy shakllanish
jarayonining sub’ekti sifatida ishtirok etishining pedagogik shart-sharoitlari,
mexanizm, metod va texnologiyalari belgilab berilgan.
Dostları ilə paylaş: