Bitiruv malakaviy ishining metodologik asoslari: O‘zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning
pedagogik jarayonni tashkil etish, ta’limni modernizatsiyalash, innovatsion
texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan yondashuvlari, Hukumat
qarorlari, chora-tadbirlar, me’yoriy hujjatlar.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy axamiyati: Zamonaviy ta’limda
tyutorlik, supervizorlik va moderatorlik faoliyati masalalarini dolzarbligini
asoslash, uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiyaning zamon talablari
darajasida tashkil qilishda xorij tajribalaridan foydalanib, uni yanada
takomillashtirish hamda o‘qituvchining kasbiy kompetentligini oshirish.
Dostları ilə paylaş: |