MATN PROTSESSORIDA HUJJAT YARATISH VA UNI TAHRIR QILISH
Xulosa Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor…».
Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi.
Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi «Matn muharrida hujjat yaratish va uni tahrir qilish» ga bag‘ishlangan bo‘lib, sanoq sistemalarida miqdorlarini ifodalash, bir sanoq sistemasidan ikkinchi sanoq sistemasiga o’tkazishni adabiyotlardan ko’rib
chuqur o’rganib chiqdim. Ushbu mavzuni o‘qitishda jadval protsеssoridan foydalanish talabalarning hisoblash ishlarini bajarishga kеtadigan vaqtini tеjaydi hamda zеrikarli tuyuladigan mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi.
Qo’yilgan maqsad va vazifalarga erishdim.
- Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrir qilishni adabiyotlar tahlili asosida chuqur o’rgandim;
- «Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrir qilish» mavzusini axborot tеxnologiyasidan foydalanib o‘qitish mеtodikasini tuz-dim;
- «Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrir qilish » mavzusi mavzusiga dars ishlanmasini tuzdim.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini o’rta, o’rta maxsus va oliy ta’limda infomatika fanini
o’qitishda qo’llanilishini tavsiya qilaman.