Zahiriddin muhammad bobur nomli andijon davlat universiteti axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti


Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə4/15
tarix20.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#121542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
MATN PROTSESSORIDA HUJJAT YARATISH VA UNI TAHRIR QILISH

Informatika va axborot texnologiyalari o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘sib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga o‘rgatishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash;
o‘quvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qo‘llash haqida bilimlar berish;
kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarishga o‘rgatish;
algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;
kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qo’llay olishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini o‘rgatib borish;
ta’lim-­tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrir qilish mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi tayyorlash
Matn protsessorida hujjat hosil qilish va tahrir qilish” mavzusini o’qitish metodikasi
Sana: _____________
Mavzu: Matn protsessorida hujjat yaratish va tahrirlash
Darsning maqsadlari.
Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarni matn protsessorida hujjat yaratish va tahrir qilish bilan tanishtirish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda vatanparvarlik, milliy g’ururni tarkib toptirish va mehnatga ongli munosabatni rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning ijodkorligi va mustaqilligini rivojlantirish.
Qiziqtiruvchi maqsad: O’quvchilarda hayotiy-ehtiyojiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni yechish malaka va ko’nikmalarini hosil qilish.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin