O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI Informatikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan
Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi 3- kurs talabasi
Abduazizov Husanboyning MATN PROTSESSORIDA HUJJAT YARATISH VA UNI TAHRIR QILISH MAVZUSINI O'QITISH METODIKASI MAVZUSIDAGI
KURS ISHI Ish rahbari: Temirova G.G.
Andijon – 2022 yil
MUNDARIJA KIRISH .....................................................................................................................3
1. Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublar.…………………………………………………………..…….……............5
2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash, o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish, o'quv materialini takrorash va umumlashtirish. ………………...............6
3. « Matn protsessorida hujjat yaratish va uni tahrir qilish » mavzusiga bir soatlik dars ishlanmasi tayyorlash………………………………..14
KIRISH Barchamizga ma’lumki, XXI asr – globallashuv davri, texnika asri deyiladi. Bugungi kunda fan va texnika jadal suratda rivojlanib bormoqda, bu esa yangi texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishni taqozo etadi. Kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni yuksak madaniyatli, o‘tkir bilimli qilib tarbiyalashda har bir pedagog xodim o‘zini mas’ul shaxs ekanligini bilgan holda, dars samaradorligini oshirib borishi, yangi texnologiyalardan unumli foydalanishi dolzarb masala hisoblanadi.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Bilimdon va ma'naviy yetuk bo'lgan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni egallagan hamda boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tarbiyalab yetishtirish bunday islohotlarning asosiy maqsadi hisoblanadi. Chuqur islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, birinchi navbatda kadrlar potensialiga, ularning kasb jihatidan tayyorgarligiga bog’lik, bo'ladi», deb ta'kidlagan edilar.
Mustaqil rivojlanish yo'lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro'yobga keldiki, bu xalq xo'jaligining barcha sohalarida, hususan, ta'lim tizimida ham qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo'llanilayotganligi, o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan bilimlar ko'lamining tobora oshib borayotganligi, ta'limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo'yicha milliy va mahalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutahassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta'limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan «Ta'lim tug’risida»gi qonunda ta'limni yanada takomillashtirish maqsadida Respublika hududida ta'limni umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari orqali amalga oshirish maqsad qilib qo'yilgan bo'lsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 5 qonunida milliy tajribalarni tahlil qilgan holda hamda jaxonning ilg’or yutuqlarini e'tiborga olib akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda har tomonlama shakllangan va etuk mutahassislarni tayyorlashning asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan.
O’zbeksiton Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab o’tganidek: “Umumlashgan holda hozirda bo'lajak o'qituvchilar shahsiga qo'yiladigan asosiy talablarni: kasbiy bilimdonlik, intellektual va ma'naviy barkamollik deb belgilash mumkin”. O'quvchilarning informatik bilimlarini o'z kasbi doirasida, kundalik hayotda qo'llay bilishi, ularning bilish va fikrlash doiralarini kengaytirish zamon talabidir.