18-savol: Qirg'izlar maqoliga ko'ra boy yoki kambag'alligingni aniqlash uchun BU ISHNI qilib ko'rish kerak ekan. Savol: Qirg'izlardan kelib chiqib aytingchi qaysi ishni?
Javob: Qirg'izlar azaldan ko'chmanchi xalq. Agar boyligingni bilmoqchi bo'lsang KO'CHIB KO'R deb maslaxat berishgan.
19-savol: XVI asrda Angliyada soqol qoʻygan erkaklardan soliq olingan. Lekin Genrix VII taxtga kelgach bu qonunni bekor qilgan. ⁉️Diqqat savol: Nima sababdan?
Javob: Chunki o‘zida soqol boʻlgan.
20-savol: Yapon yozuvchisi Xaruki Murakami: "Ular hayotimizdagi tinish belgilardir", degan. "Matnlar tinish belgilarisiz mazmunini yoʻqotgandek, hayotimiz ham ularsiz mazmunga ega boʻlmaydi", degan. Kuyunchalik bilan gapirgan. ⁉️Diqqat savol: Murakami ular deb nimalarni atagan?
21-savol: Bu " mashina" umuman harakatlanish uchun mo'ljallanmagan Ammo butun dunyoda uni yurgan "yo'lini " hisoblasak ular avtomobil va samolyot bosib oʻtgan masofadan ortib ketadi. Hammamiz ko'rgan va bazilarimizda bor boʻlgan bu "mashinaning" nomi nima? Javob: soat
22-savol: Finlyandiya, Nоrvegiya, Shvetsiyada yangi yil kuni uni sоvg’a qilishsa bilingki, sizga baxt va iliqlik istashayоtgan bõladi. Yunоnistоn va Ispaniyada u havf-xatar belgisi bõlgan. Haqiqatdan ham undan katta xavf bõlishi mumkin. Savоl u nima? Javob: Gugurt
23-savol: L.N.Tolstoy maishiy turmushga bag’ishlangan barcha asarlar, roman bo’ladimi, film bo’ladimi, qissa afsona bo’ladimi voqealar rivojlanib borib u bilan tugaydi, hayotda esa aksincha hamma voqealar undan keyin boshlanadi degan. Mantiqiy o’ylab aytingchi, L.N.Tolstoy nimani nazarda tutgan? Javob: To’y
24-savol: Cho’ponlar bozordan echki xarid qilayotganda uning qulog’iga nazar solishar ekan. Aynan katta va uzun quloqli echkini tanlashar ekan. Savol: nega katta quloqli echki sotib olishadi?
Javob: Egiz tug’adigan echkilarning qulog’I katta bo’lar ekan