Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo operatsiyalari to‘rt bosqichda amalga oshirilishi mumkin
bitishuvni (shartnomani) tuzish;
tuzilgan bitishuv parametrlarini tekshirish (solishtirish);
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha savdoni amalga oshirish;
bitishuv talablarini oxirigacha ijro qilish (to‘lovni amalga oshirish va qimmatli qog‘ozlarni yangi egasiga berish). Ushbu bosqich hisob-kitob tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari
Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi qoidalari odatda uyushgan birjalar tomonidan o‘rnatiladi. Shundan so‘ng u tegishli qonun bilan tasdiqlanadi. Bu qoidalar savdo operatsiyalarini o‘tkazishda xarajatlarni minimumgacha kamaytirish maqsadida savdo tartibi (protsedurasi)ni standartlashga mo‘l-jallangan. Ideal holatda shu kabi qoidalar sinchkovlik bilan o‘ylab chiqilishi hamda savdoni eng kam xarajatlari bilan rag‘batlantirishi zarur edi. Lekin amalda ular ko‘pincha yetarlicha erkin xarakterga ega. Shunga qaramasdan, tan olish kerakki, bu kabi qoidalarning butunlay yo‘qligidan ko‘ra mavjudligi afzalroqdir.Qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy instrumentlar savdosini tashkillashtiruvchi va savdo jarayonlarini ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi institutlar uning savdo tizimi tuzilmasini tashkil qiladi.
Hozirda qimmatli qog‘ozlar bozori savdo tizimlari – moliyaviy instrumentlarning (pul, kreditlar, valuta, qimmatli qog‘ozlar) bozor muomalasi jarayonlarini tashkillashtiruvchi shakllar, usullar va normalar (tegishli tartib-qoidalar, qonuniy-me’yoriy hujjatlar), traditsiyalar (jumladan etik normalar), tamoyillar hamda ushbu jarayonlarni normal kechishiga xizmat ko‘rsatuvchi professional qatnashchilar majmuasidan iborat murakkab savdo industriya sifatida tashkillashgan bozor mexanizmi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari bitimlarni faqat qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan shakldagi topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shartnomalar asosida ularda ko‘rsatilgan barcha zarur shartlarga aniq rioya qilgan holda mijozlar hisobidan amalga oshirishlari mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari bitimlarni faqat qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan shakldagi topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shartnomalar asosida ularda ko‘rsatilgan barcha zarur shartlarga aniq rioya qilgan holda mijozlar hisobidan amalga oshirishlari mumkin.
Mijoz yoki uning topshiriq shartnomasi bo‘yicha ishonchli vakili shartnoma bajarilguncha bir yoqlama tartibda uning amal qilishini to‘xtatish huquqiga ega.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirishlariga ular tegishli litsenziyaga ega bo‘lsalar ruxsat etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga oshiriladigan va ularning narxi, egasi, daromad keltirish darajasi o‘zgarishi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yuzasidan qilinadigan o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq har bir bitim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Fond birjalari, fond bo‘limini tashkil qilgan boshqa birjalar va qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi savdolarida tuzilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlar ular tomonidan tasdiqlangan va qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan qoidalarga asosan ro‘yxatga olinadi.
Yuridik shaxslar ishtirokida egasi yozilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tuzilgan bitimlar, shuningdek, egasi yozilmagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tuzilgan bitimlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Tashkiliy yo‘sinda yo‘lga qo‘yilgan bozorda oldi-sotdi bitimlari tuzish chog‘ida bitim tuzish va unga oid hisob-kitoblar sanasi o‘rtasidagi vaqt qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha savdolar tashkilotchisi qoidalari, boshqa hollarda esa oldi-sotdi shartnomalari asosida belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi va yetkazilgan zarar uchun bitimning aybdor tomoni, agarda uning aybdor ekanligi aniqlansa, javobgarligiga sabab bo‘ladi.