moliyaviy (valuta) qiymatga ega bo‘lgan antikvariat va yuvelir buyumlari, qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob (kamyob) elementlar (radiaktiv) savdosi tizimlari.
Buxgalteriya hisobi
Moliyaviy hisobotlar tizimini o‘rganuvchi predmet yoki fan buxgalteriya hisobi deyiladi
Buxgalteriya hisobi barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz, hujjatlar asosida hisobga olish yo‘li bilan buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidan, shuningdek uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzishdan iboratdir.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik operatsiyasini buxgalteriya hisobining kamida ikkita schyotida bir vaqtda va o‘zaro bog‘liq holda pulda baholab aks ettirish yo‘li bilan ikkiyoqlama yozuv usulida yuritiladi
Buxgalteriya hisobi
vazifasini yechishning dasturiy ta’minlanishi ishlab chiqarishning ko’rib chiqilgan pallalarining hisob vazifalarini integratsiyalash hamda tashqi aloqalarning mavjudligini hisobga olish bilan ko’riladi. Barcha xo’jalik operatsiyalari boshlang’ich buxgalteriya hujjati — xo’jalik operatsiyasi sodir bo’lganligi haqidagi to’liq va ishonchli yozma guvohnomada qayd etiladi. Hujjat yuridik kuchga ega. Ularni shakllantirish va qo’llash bo’yicha umumiy uslubiy rahbarlik O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat statistika qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular hujjatlar haqidagi qoidalarni nashr qiladi, boshlang’ich hujjatlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqadi, yo’riqnomaviy va uslubiy materiallarni nashr etadi.
Buxgalteriya hisobi vazifasini yechishning dasturiy ta’minlanishi ishlab chiqarishning ko’rib chiqilgan pallalarining hisob vazifalarini integratsiyalash hamda tashqi aloqalarning mavjudligini hisobga olish bilan ko’riladi. Barcha xo’jalik operatsiyalari boshlang’ich buxgalteriya hujjati — xo’jalik operatsiyasi sodir bo’lganligi haqidagi to’liq va ishonchli yozma guvohnomada qayd etiladi. Hujjat yuridik kuchga ega. Ularni shakllantirish va qo’llash bo’yicha umumiy uslubiy rahbarlik O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat statistika qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular hujjatlar haqidagi qoidalarni nashr qiladi, boshlang’ich hujjatlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqadi, yo’riqnomaviy va uslubiy materiallarni nashr etadi.