Jaguar XKSS | 30 mln dollar Bu avtomobil «dunyoning birinchi superkari» hisoblanadi. U 1957 yilda paydobo‘lgan va poyga uchun mo‘ljallangan D-Type modelining umumiy yo‘llarga moslashtirilgan nusxasi edi. Undan jami 25 dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan, biroq Koventri korxonasidagi yong‘in mashinalarning 9 tasining kulini ko‘kka sovurdi.
Ushbu mashinalardan birini taniqli aktyor Stiv Makkuin 5 ming dollar evaziga xarid qilgan. 2014 yili kolleksioner ayni shu mashina uchun 30 million dollarning bahridan o‘tdi. Ha aytgancha, kompaniya zavoddagi chizmalar asosida qolgan 9 ta mashinani yig‘ishga qaror qildi.Ularning har biri 1,5 million dollardan sotib bo‘lingan.
Ferrari F50 GT | 2,9 mln dollar Oddiy F50 superkarining poyga namunasi 3 nusxada ishlab chiqildi. Ularning biri prototipdir. Mashinalar poygalarda qatnashishi kerak edi, biroq loyiha bekor qilindi.