Rolls-Royce 15 hp | 35 mln dollar Bu avtomashina dunyoning eng noyob va juda qimmat mashinalaridan biridir. Axir Rolls-Royce 15 hp – Charlz Rolls va Henri Roys tomonidan 1904 yilda Manchesterda shaxsan yig‘ilgan eng birinchi avtomobil. Undan atigi 6 dona yig‘ilgan va atigi bir donasi bugungi kungacha yetib kelgan.
Mashinaga 3 silindrli 15 ot kuchiga ega motor qo‘yilgan. Uning tezligi soatiga 63 kmni tashkil etadi. Avtomobil ba'zan muzeylar va avtosalonlarda namoyish etiladi. Sug‘urta kompaniyalari uni 35 mln dollarga baholashadi.
Leyat Helica | 20 mln dollar Fransiyalik mutaxassis marsel Leyya tomonidan ishlab chiqilgan parrakli avtomobil XX asr boshiga tegishli. Uni hozir ham uchratish mumkin. Bu mashinadan 30 dona ishlab chiqilgan.
Bugungi kungacha yetib kelgan nusxalari xususiy to‘plamlarda bo‘lib, savdolarga juda kam qo‘yiladi. Mabodo, sizga omad kulib boqsa, yaxshi holatdagi Leyat modelini 20 mln dollar atrofida xarid qila olasiz.
Ferrari 250 GTO 1963 yil | 52 mln dollar Ha, dunyoning bu dunyoning 52 mln dollarlik, ya'ni eng qimmat avtomobili. Biroq, uni juda noyob, deb bo‘lmaydi. Shu bilan birga, qiziq jihati shundaki, shaxsiy kolleksioner avvalgisi egasidan savdolashib xarid qilgan.
Foto: Motor.ru
Dunyoning eng qimmat mashinasi ham aynan Ferrari 250 GTO. Kim oshdi savdolaridan biri uni 38 million 115 ming dollar evaziga xarid qilishgan. U jami 39 ta mashinaning 19-sidir. Uning qimmat bo‘lishiga Formula-1 pilotlari Jo Shlesser va Ernesto Prino, Olimpiya chempioni Anri Orile egalik qilgani ham sababdir.
Aston Martin Bulldog | 1,3 mln dollar Yagona nusxada mavjud bo‘lgan eng noan'anaviy «Aston». 1979 yilda ishlab chiqilgan avtomobil uzunligi 4,5 metrni, balandligi atigi 1 metrni tashkil etadi. Uni kam sonda ishlab chiqarish rejalashtirilgan, biroq amalga oshirilmagan.
Mashinaga 600 ot kuchli, 5.3 l V8 juft-turbo motor o‘rnatilgan. Elektron priborlar paneli, orqani ko‘rish kamerasi va chap tomonga o‘rnatilgan rul chambaragiga ega kontsept Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgandi. 1980 yilda «Buldog»ni amerikalik kolleksioner 130 ming dollarga sotib olgan. 2011 yili noma'lum britaniyalik unga 1,3 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgan.