Zamonaviy axborot texnologiyalari



Yüklə 103,47 Kb.
səhifə12/17
tarix11.11.2023
ölçüsü103,47 Kb.
#131714
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
ibooks bot-tibbiyotda axborot t (1)

MB maydonlarning turlari.Maydon turlari deganda odatda baza jadvalining maydonlariga kiritiladigan ma‘lumotlar turlari tushuniladi.
Maydon turi bu alohida bayon etishni talab etuvchi maydon xossasi bo،lib, uning ko،rinishlari quyidagilardan iboratdir: Matnli maydon (tekstovoe pole)-chegaralangan, ko،pi bilan 255 ta belgiga teng o،lchamdagi biror qolipga solinmagan matnlarni saqlashga mo‘ljallangan maydon.
Memo maydoni (pole Memo)-katta hajmli, belgilari miqdori 2562-1 sonidan ko،p bo،lmagan matnlarni saqlashga mo،ljallangan. Bunda matn aslida maydonda emas, balki MB ning boshqa joyida saqlanadi, bu xolat foydalanuvchiga bilinmasligi mumkin.
Sonli maydon (chislovoe pole)-haqiqiy sonlarni saqlashga mo،ljallangan. Sana/vaqt maydoni (pole data/vremya) - kalendar, sana va joriy vaqtni saqlovchi maydon. Pulli maydon (denejnoe pole)- pul mablag‘larning sonlardagi qiymati saqlanadigan maydon, undagi ma‘lumotlar sonli maydon ma‘lumotlaridan pullarga xos xususiyatlari borligi bilan farq qiladi va pulga oid amallarni bajarishda foydalanuvchiga yanada qulaylik tug‘diradi.Hisobchi maydon (schetchik)- qaydlarni tartib bilan raqamlash uchun ishlatiladigan sonlar maydoni.OLE ob’ekti maydoni (pole ob‘ekta OLE)- bog‘lash va joriy etish (L&E) texnologiyasi bilan o‘rnatiluvchi ob‘ektlarning yorliq yoki ko‘rsatgichlarini saqlashga mo‘ljallangan tabiiy maydon. Tabiiyki, bunday ob‘ektlar MB fayli tarkibida, biroq baza jadvalidan boshqa joyda saqlanadi.
Gipermurojaat maydoni (pole ―giperssыlka‖) – Internet Web-ob‘ektlarining URL manzillarini saklashga mo‘ljallangan maxsus maydon.
MBBT (Ma‘lumotlar bazalarini boshkarish tizimi)ga murojaat etuvchilarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin: bu-foydalanuvchilar guruhi va loyihalovchilar guruhi. Loyihalovchilar MBga ehtiyojmand foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan holda MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yahshilash ustida ishlaydi.
MBBTga murojaat etuvchilarning foydalanuvchilar guruhi vakillari loyihalanib bo‘lgan MBni to‘ldirish va ularni istifoda qilish bilan band bo‘ladilar. Umuman olganda, foydalanuvchilar MB tuzilmasini boshqarishga, o‘zgartirishga haqli emaslar, ular, odatda, faqat o‘z funksional vazifalariga taalluqli ma‘lumotlarga kirish huquqiga egadirlar xolos.Ob‘ekt deganda, odatda, qulanilishi nuqtai nazaridan uzi bilan bir butunlikni ifoda etuvchi mavjudlik tushiniladi. MBBTlarda ob‘ektlar iborasiga alohida ma‘no yuklatilgan bo‘lib, tuzilishi o‘ziga xos murakkablik kasb etuvchi MBda ob‘ektlar axborot oqimini boshqarish, ma‘lumotlarni kiritish, saqlash, saralash, himoyalash, tahlil qilish va uzatish bilan bogliq qiyin amallarning bajarilishida ma‘lum bir tartib o‘rnatishga va shu asnoda foydalanuvchilar uchun etarlicha engillik yaratishga xizmat qiladilar. Siz bilan biz o‘rganishga kirishgan Microsoft Access dasturida asosiy ob‘ektlarning etti xili mavjud. Shakllar MBga yangi ma‘lumotlarni kiritish xamda mavjudlarini ko‘rib chikishga mo‘ljallangan vositadir. Foydalanuvchi shakllar vositasida ruxsat etilgan maydonlargagina ma‘lumot kirita oladi. Loyixachilar esa ma‘lumot kiritishni tezlatish, avtomatlashtirish maksadida shaklga maxsus boshkaruv elementlarini (schetchiklarni, doirachalar, kvadratchalar, yoyiluvchi ro‘yxatlar va boshqalarni joylashtiradi. Shaklarning avzalliklari ma‘lumotlarni to‘ldirilgan blanklar orqali kiritish amalga oshirilganda yanada yakkol nomoyon bo‘ladi. Bu xolda tayyor blankdagi barcha narsalar (bezaklar va boqalar) grafik vositalar ko‘magi bilan shaklda mutloqo aynan aks etiriladi. Demak shakllar yordamida nafaqat ma‘lumotlar kiritilar ekan, balki ularda MB dagi mavjud qoydalar ko‘rgazmali tarzda aks etirilar xam ekan.
Xisobotlar – o‘zlarining xossalari va tuzilishiga ko‘ra ko‘proq shakllarga o‘xshab ketadi. Xisobotlar bazadagi ma‘lumotlarni qog‘ozga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shu boyisdan, ular boshqa ob‘ektlardan, chop etiluvchi ma‘lumotlarni turkumlash imkoniyatlari borligi bilan, shuningdek, boshqa xujjatlarga xos bo‘lgan yuqori va quyi kalontitullar, saxifa raqamlari, xisobot tuzilgan sana xamda vaqt kabi maxsus rasmiylashtirish elementlarini xam asosiy ma‘lumotlar qatori kogozga chiqarish uchun mo‘ljalangan aloxida jixatlari mavjudligi bilan ajralib turadi.
Saxifalar – aslida ―ma‘lumotlarga kirish saxifalari‖ deb atalivchi bu ob‘ekt Internetda WWW xizmatining juda xam tez omaviylashuvi natijasida xosil bo‘lgan desak yanglishmaymiz. Bu ob‘ekt Web – saxifada joylashadi va u bilan birga foydalanuvchiga uzatiladi.
Makroslar MBBT bilan ishlash jarayonida kup marotaba takrorlanuvchi amallarning bajarilishini avtamatlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Modullar VBA (Visual Basic for Applications) tilida yaratiladi. Modullar yordamida MB ning funksional imkoniyatlari kengaytirilishi, MB buyurtmachisining mahsus talablari qondirilishi, MBBT ning ishlash tezligi hamda himoyalanganlik darajasi yahshilanishi mumkin.
Endi Microsoft Accessda MB ning asosiy ob‘ektlarini ishlab chiqish vositalari bilan tanishamiz. ―Ob‘ekt ustalari‖ dan soddaroq hollarda esa yanada tez natija beruvchi avtoshakl, avtohisobot kabi vositalardan foydalaniladi. Urganish maqsadida baza jadvalini tuzish, so‘rov, shakl yoki hisobot yaratish, ma‘lumotlarga kirish sahifasini hosil qilish uchun bu vositalarni har birini qo‘llab ko‘rishni tafsiya etamiz.
―Ustalar‖dan foydalanish jadval hamda so‘rovlar tuzishni tezlashtirilsada, MBBT ning tushuncha va usullarini o‘zlashtirish uchun ulardan ko‘ra ko‘proq Konstruktor rejimi qo‘l keladi.
Shakl, hisobot va ―ma‘lumotlarga kirish sahifalari―ni hosil qilishda esa, aksincha, Konstruktor rejimiga nisbatan ―Ustalar‖ samaraliroqdir. Chunki, bu ob‘ektlarni mazmun bilan to‘ldirishdan ko‘ra ularga ko‘rk berish ko‘proq mehnat talab etadi.
Microsoft Accessning ixtiyoriy ob‘ekti bilan ishlash uning ―Baza dannыx» nomli muloqot oynasi orqali boshlanadi. Mazkur muloqot oynasining chap panelida Microsoft Access ob‘ektlariga kirishni faollashtiruvchi boshqaruv elementlari mujassamlashgan.

Yüklə 103,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin